Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:15

JCh-2014: Jahon chempionatining ochilish o‘yinida mezbonlar g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi 12 iyunь kuni boshlangan Jahon chempionatining ochilish o‘yinida Xorvatiya termasi ustidan g‘alabaga qozondi.

3-1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan o‘yinda braziliyalik hujumchi Neymar dubl ijro etdi.

Futbol muxlislari o‘yinni tomosha qilgani stadionga kelgan Braziliya prezidenti Dilma Russefga hayqiriqlar bilan o‘z noroziliklarini izhor etdilar.

Braziliya Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun qariyb 11 milliard AQSh dollari sarfladi.

Hukumatnining Jahon chempionati uchun rekord mablag‘ sarflashi ko‘plab braziliyaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

12 iyun kuni Braziliyaning chempionat o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi bir nechta shaharlarida, jumladan, San Paolo, Rio de Janeyro va Belo Horizonteda qator norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG