Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:54

Zangiota ta‘miri uchun uyi suv-gazdan uzilayotganlarga quvur xarajati yuklanmoqda


Toshkent shahrining Sirg‘ali tumani Alisher Navoiy mahallasidagi Choshtepa ko‘chasida joylashgan eski uylar, ayrim hududlarda esa darvoza va ko‘cha devorlari buzilib, yo‘l kengaytirilmoqda. Bu mahallada istiqomat qiluvchilar obodonlashtirish doirasida xonadadonlardan uzilayotgan gaz-suv quvurlari va elektr tarmoqlarini qayta ulash xarajati xonadon egalari zimmasiga yuklanayotganidan shikoyat qildi.

Toshkent viloyatida joylashgan qadimiy Zangiota ziyoratgohining ta‘miri doirasida uyi va darvozalari buzilayotgan aholi vakillaridan Ozodlikka shikoyat bo‘ldi.

Toshkent shahri markazidan ziyoratgohga eltgan katta yo‘l – poytaxtning Sirg‘ali tumani, Alisher Navoiy mahallasidan o‘tuvchi Choshtepa ko‘chasida istiqomat qiladigan fuqaro mahalliy hokimiyat qurilish-buzilishlar oqibatida keladigan moddiy zararni to‘lmaslik imkonini qilayotganidan arz qildi.

Ismini aytmaslik sharti bilan so‘zlagan tinglovchiga ko‘ra, yo‘lni kengaytirish maqsadida uning uyiga ulangan gaz-suv quvuri hamda elektr tarmoqlari tez kunda uzilishidan ogohlantirilgan.

- Nima emish, biz keyin bularni o‘zimiz qaytib ulab olishimiz kerak ekan. Shunaqa deb yozilgan tilxatga qo‘l qo‘ydirib chiqishayapti. Hokim kelib oladi ertalabdan, prokuratura, nalogovoydan har kuni odam, subbotnik, hamma joyni buzib tashlashdi. Men aytdim, bu qog‘ozingga qo‘l qo‘ymayman, dedim. Oxiri mayli endi chakagi o‘chsin, dedim - qo‘l qo‘yib berdim. Endi shu ikki-uch kunda uziladi, deb ketishdi, - deya nolidi sirg‘alilik tinglovchi.

Tilxatga Sergeli tumani hokimligi va prokuraturasi, mahalla faollari bosimi ostida qo‘l qo‘yganini iddao qilgan tinglovchi shaharni obodonlashtirish maqsadida uzilgan quvurlarni ulash unga qariyb 1 million so‘mga yaqin zarar keltirishi mumkinligidan nolidi.

Sergeli tumani hokimligi xodimi Navoiy mahallasiga mutasaddi idoralar yo‘l chetida joylashgan aholi darvozaxonalari, ko‘cha devorlari buzilayotgani, ayrim hududlarda xonadonlar gaz va suvdan ham vaqtincha uzilayotganini tasdiqladi.

"Bir oydan beri borayaptiku bu ishlar. Yo‘l kengaygandan keyin, shu yo‘l chetiga noqonuniy qurilgan darvozaxonalar buzilayapti. Ba‘zi joylarda suv, gaz quvurlari uzilayapti, endi iloji yo‘q. Odamlar avvaldan ogohlantirilgan lekin", dedi Sirg‘ali tumani hokimligining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Ammo komunnikatsiya tarmoqlarini qayta ulash uchun sarf-xarajat aholi zimmasiga yuklanayotgani haqidagi shikoyatga biror rasmiy tashkilotdan javob olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

Qurilish va buzilishlar borayotgan katta yo‘l hamda Zangiota ziyoratgohining o‘zida bo‘lgan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov ishning sur‘ati balandligi, kuniga 10 minglab ziyoratchi keladigan Zangiota ziyoratgohining o‘zi ta‘mirdan so‘ng muhtasham kompleksga aylanishi va‘da qilinayotganini aytdi.

Jurnalistga ko‘ra, odatdagidek bunday jadal obodonlashtirish ishlari chog‘ida aholi vakillari orasida zarar ko‘rib qolayotgan yoxud davlat berayotgan tovon pulidan qoniqmayotganlar bo‘lmoqda, bundaylar arz qilib hokimiyatlarga hozirdanoq qatnamoqda.

Quyida jurnalist bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:28 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG