Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:01

Tojikistonda Google va YouTube to‘siqligicha qolmoqda


Tojikistonlik Internet foydalanuvchilari Google xizmatlari, jumladan YouTube video portali va Gmail elektron pochta tizimi hamon ishlamayotganidan shikoyat qilmoqda.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti va YeXHTning matbuot erkinligi masalalri bo‘yicha vakili Tojikiston hukumatidan YouTube va Google tizimlari faoliyatini tiklashni talab qildi.

Tojikistonning yetakchi Internet provayderlari 9 iyundan boshlab YouTube va Google Inetrent tizimlarini to‘sib qo‘ygan.

Tojikiston Kommunikatsiya xizmatlari davalat agentligi raisi o‘rinbosari Rafiqjon Shokirov 11 iyunь kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘z idorasining mazkur vaziyatga aloqasi yo‘qligini ta‘kidlab, uzilishlarni “ehtimoliy texnik muammolar” bilan izohladi.

Google- Android tizimida ishlaydigan qimmatbaho smartfon egalari yuzaga kelgan vaziyat mobil moslamalarini oddiy telefonga aylantirib qo‘yganidan shikoyat qilmoqda.
XS
SM
MD
LG