Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:04

JCh-2014: Chempion Ispaniya Jahon chempionatini guruh bosqichidayoq tark etmoqda


Futbol bo‘yicha amaldagi dunyo chempioni Ispaniya Braziliyada o‘tayotgan Jahon chempionatini guruh bosqichidayoq tark etmoqda.

“Qizil furiyalar” 18 iyun kuni “B” guruhining 2-turi doirasida o‘tgan uchrashuvda Chili jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldilar.

Ikki turda birorta ochko ololmagan Ispaniya endi oltitadan ochkoga ega Hollandiya va Chili jamoalarini quvib yeta olmaydi.

Eslatamiz, 1-tur uchrashuvida Vincente Del Boske jamoasi Hollandiyaga 5:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

2010 yilgi Jahon chempioni, 2008 va 2012 yilgi Yevropa Chempioni Ispaniya so‘nggi to‘rt Jahon chempionatida guruh bosqichidayoq chetlatilgan uchinchi amaldagi champion bo‘ldi.

“B” guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvida Hollandiya jamoasi Avstraliya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Chili kabi muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

18 iyun kungi o‘tgan so‘nggi uchrashuvda esa Xorvatiya Kamerun darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi. “Bavariya” o‘yinchisi Mario Mandzukich ushbu o‘yinda dubl ijro etdi.

Jamoalar bellashayotgan “A” guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinda to‘rttadan ochkoga ega Braziliya va Meksika jamoalari egallab turibdi.

Chili - Ispaniya 2:0
XS
SM
MD
LG