Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:43

Jon Kerri: Iroq hukmati barcha firqalarni tamsil qilishi kerak


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bag‘dodda Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashdi.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bag‘dodda Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashdi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bag‘dodda Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashib, barcha firqalarni tamsil etuvchi hukumat tuzishga chaqirdi. Iroq va Shom Islom davlati guruhi ko‘targan isyon al-Malikiy hukumatini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Shialar nazoratidagi hukumatni ag‘darish bilan tahdid qilayotgan sunniy jangarilar ikki hafta ichida Iroq shimoli-g‘arbida katta hududlarni egallab olgan.


Bosh vazir Nuri al-Malikiy bilan ikki soat davom etgan uchrashuvni davlat kotibi Jon Kerri “ijobiy”, deya baholadi.

Kerrining 23 iyun kuni Bag‘dodaga safari Iroq va Shom Islom davlati guruhi kutilmaganda xuruj boshlab, Iroqning Suriya chegarasiga tutash shimol va g‘arbidagi qator viloyat va shaharlarni egallay boshlashidan ikki hafta o‘tib amalga oshmoqda.

Kerrining safari davomida Iroq yetakchilarini hukumatda barcha firqalarga joy berishga chaqirishi kutilmoqda. Lekin Vashington rasmiylariga ko‘ra, AQSh diplomatining bosh vazir Nuri al-Malikiyni iste‘foga ketishga chaqirish niyati yo‘q.

22 iyun kuni Qohiraga qilgan safari chog‘ida Kerri Qo‘shma Shtatlar Iroq xalqi barcha iroqliklarni tamsil etuvchi hukumatni tanlashini istaydi, deya ta‘kidladi.

Iroq hukumati mamlakatda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi shia mazhabi vakillari tomonidan nazorat qilinadi va sunniy musulmonlar o‘zlarini yakkalab qo‘yilgan, deb hisoblaydi.

Ayni paytda, IShID jangarilari Iroqda yangi hududlarni bosib olishda davom etmoqda. Sunniylar yetakchiligidagi jangarilar ozirda Iroq bilan Suriya va Iordaniya o‘rtasidagi chegarada uchta nazorat punktini egallab olgan hamda Tal Afar shahri va aeroportini o‘z nazoratida qoldirmoqda.

Iroq hukumati kuchlari IShID jangarilarini Mosul shahrida siqib chiqarish uchun Tal Afar aeroportini o‘z nazoratiga qaytarishi kerak. Iroqning ikkinchi yirik shahri Mosul hamda Tikrit shahri shu boshlarida IShID tomonidan ishg‘ol qilingan.

IShID xuruji biroz zaiflashganiga qaramasadan, so‘nggi voqealar Iroqdagi mazhablararo bo‘linishni yanada keskinlashtirishga ulgurdi.

Bosh vazirning xavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot kotibi general-leytenant Qosim Atta 23 iyun kuni qilgan chiqishida IShID xurujiga qarshi janglarda hukumatning yuzlab askari halok bo‘lganini e‘tirof etdi.

21 iyun kuni Iroq shialari orasida katta nufuzga ega Muqtado as-Sadrga sodiq jangarilar IShIDga qarshi kurashajaklari ramzi o‘laroq, bir necha shaharda ko‘cha yurishi o‘tkazdi.

Eron ham Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlab, IShID jangarilarining Iroqdagi shialarning muqaddas shaharlarni egallashiga yo‘l qo‘ymasligini bayon qildi.

Eron allaqachon o‘z harbiy mutaxassislarni Iroq hukumati qo‘shinlariga maslahat bergani Bag‘dodga yuborgan.

IShIDning Iroqda isyon ko‘tarishi Tehron bilan Vashingtonning sunniy jangarilarga qarshi kurash borasida o‘zaro muloqot boshlashiga sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG