Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:11

JCh-2014: Dastlabki pley-off juftliklari aniqlandi


Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining "A" guruhida 23 iyun kuni Braziliya Kamerun jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Meksika-Xorvatiya o‘yini esa 3:1 hisobida Meksika g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqardi.

"B" guruhidagi Hollandiya esa Chili darvozasiga 2 to‘p kiritib, o‘yinni 2:0 hisobida yakunlagan. Jahon chempionatini tark etayotgan amaldagi chempion Ispaniya esa 3:0 hisobida Avstraliya ustidan g‘alaba qildi.

Shunday qilib, pley-off bosqichiga "A" guruhidan Braziliya va Meksika, "B" guruhidan Hollandiya va Chili jamoalari chiqdi.

Nimchorak finalida Braziliya jamoasi Chili bilan, Hollandiya jamoasi Meksika bilan uchrashadi. O'yinlar mos ravishda 28 va 29 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG