Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:02

Bishkekda umrbod qamalgan Azimjon Asqarov suratlari ko‘rgazmasi ochildi


Azimjon Asqarov
Azimjon Asqarov

26 iyun - Xalqaro qiynoq kurbonlariga yordam kuniga bag‘ishlanib Qirg‘iziston rassomlar ittifoqi ko‘rgazma zalida tashkil etilgan ko‘rgazmada professional rassom bo‘lgan huquq faolining yuzga yaqin suratlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmani “Ozodlik ovozi” va “Fridom Xaus” tashkilotlari uyushtirgan. Ko‘rgazmadan Asqarovning qamoqqa olinguniga qadar va qamoqda yozilgan rangtasvirlari o‘rin olgan.

- Matbuotda to‘rt yil davomida Asqarovning qiynoqlarga solingani, uning ishi soxtalashtirilgani haqida yozib kelindi va yozilmoqda. Mazkur ko‘rgazmani tashkil etish orqali biz Asqarov shaxsiga boshqacharoq rakursda jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqchi bo‘ldik, -dedi ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri, Bishkekdagi “Ozodlik ovozi” jamoatchilik jamg‘armasi rahbari Abdumo‘min Mamarimov.

Xalqaro tashkilotlar va bir qator Evropa davlatlari rahbarlari 2010 yilda qamalgan Azimjon Asqarovga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib, Qirg‘iziston hukumatini huquq faolini ozodlikka chiqarishga chaqirib kelmoqda.

Azimjon Asqarovning turmush o‘rtog‘i Hadicha Asqarova xalqaro hamjamiyat yordamida huquq faoli ozod etilishiga ishonishini aytdi:

-Xalqaro tashkilotlar, mahalliy huquq faollari qattiq harakat qilishayapti. Men turmush o‘rtog‘imning aybsizligiga va uning qamoqdan ozod qilinishiga albatta ishonaman, - dedi Hadicha Asqarova.

Biroq Bishkek rasmiylari, jumladan, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 2012 yilda Germaniya kantsleri Angela Merkel va 2013 yilda Bryusselda Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashuvlarda Asqarovning aybsiz ekaniga ishonarli dalillar yo‘qligini aytib, huquq faolining ishini qayta ko‘rib chiqish hukumatning emas, sudlarning vakolati ekanini bildirgan edi.

26 iyunь kuni yakunlanadigan ko‘rgazmada Asqarovning suratlarini sotib olish mumkin. Sotuvdan tushgan pullarga esa qamoqdagi huquq faoliga moybo‘yoqlar xarid qilinadi.

XS
SM
MD
LG