Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:23

Britaniyalik faollar Londondagi O‘zbekiston elchixonasi oldida namoyish o‘tkazdi


Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti va britaniyalik faollar Xalqaro qiynoq kurbonlariga yordam kuni munosabati bilan O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Ular shu yo‘l bilan O‘zbekiston hukumatidan qamoqxonada qolayotgan andijonlik qochqin Dilorom Abduqodirova va boshqa siyosiy mahkumlarning ozod etilishini talab etmoqchi.

2010 yilda Avstraliyadan qaytishi bilan 10 yilga qamalgan Andijon hodisalarining guvohi Abduqodirovaning qamoq muddati yaqinda yopiq mahkama bilan uzaytirilgan.

To‘rt yildan buyon qamoqxonada qolayotgan Abduqodirovaga qamoqxona qoidasini buzgan, degan ayblov bilan sakkiz yillik muddat qo‘shib berilgan.

Andijon qatliomining 9 yilligi munosabati bilan o‘tgan oyda chiqargan bayonotida Hьyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov AQSh va Yevropa Ittifoqi Andijon qirg‘ini bo‘yicha mustaqil tergov o‘tkazilishiga erishish uchun O‘zbekiston hukumatiga bosim o‘tkazishi kerakligini ta‘kidlagan edi.

- G‘arblik mulozimlar O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida bu masalani muntazam ko‘tarishlari kerak. Yaqinda, AQSh Davlat kotibining muovini Uliyam Berns ham Toshkentga borganida Andijon masalasini muxokama qilish va o‘zbek hukumatini Andijon bo‘yicha tergov o‘tkazishga chaqirish imkoniga ega edi. Bizningcha g‘arb hukumatlari O‘zbekistonni to‘qqiz yil avvalgi mudhish voqealar bo‘yicha tergovga ko‘ndirish va bu mamlakatdagi qiynoqlarga chek qo‘yish uchun barcha imkonlarni ishga solishi kerak, degan edi Hьyuman Rayts Uotch tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

Andijon qirg‘ini guvohlarini ta‘qib qilish to‘xtamadi

Hьyuman Raytch Uotch tashkiloti 2010 yilda Avstraliyadan qaytishi bilan 10 yilga qamalgan Andijon hodisalarining guvohi Dilorom Abduqodirovaning qamoq muddati yaqinda yopiq mahkama bilan uzaytirilganini o‘rgandi. To‘rt yildan buyon qamoqxonada qolayotgan Abduqodirova qamoqxona qoidasini buzgan, degan ayblov bilan unga sakkiz yillik muddat qo‘shib berilgan.

Farg‘onalik huquq himoyachi G‘anixon Mamatxonovning jazo muddati 2014 yilning mart oyida tugashi bilan unga yana besh yil qo‘shib berildi. Boshqa huquq faollari qatori Mamatxonov ham Andijondagi hodisalar ortidan qamalgandi. 2009 yilda qamoqqa tashlangan 61 yoshli huquq faoli 4,5 yillik qamoq muddatini o‘tab, 10 mart kuni ozodlikka chiqishi lozim edi.

O‘zbekistonlik yana bir huquq faoli Isroiljon Xoldorovning qamoq muddati 2012 yilda "qamoqxona noziri buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan" ayblov bilan uch yilga uzaytirildi.Andijondagi ommaviy qabrlar haqida ommaviy axborot vositalariga xabar bergan huquq faoli Isroiljon Xoldorov 2007 yilning fevral oyida olti yilga qamalgan edi.

1999 yilda qamalgan andijonliklarning yo‘lboshchisi Akrom Yo‘ldoshevning qayerda ekanini yaqinlari bilishmaydi. Yo‘ldoshev Andijon shahrida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etib, ko‘pchilikni ish bilan ta‘minlash faoliyatiga rahbarlik qilgan.

"2009 yildan buyon uning na o‘lik na tirik ekanini bilamiz", deb aytgan Yo‘ldoshevning o‘g‘li Xьyuman Rayts Uotch tashkilotiga.

Yo‘ldoshev 1999 yilgi 16 fevralda sodir bo‘lgan turkum portlashlardan keyin 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

XS
SM
MD
LG