Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:20

IIV jurnalist Sid Yanishevni sudga tortish bilan tahdid qildi


Sid Yanishev
Sid Yanishev

O‘zbekistonda Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanayotgan bir paytda mamlakatda faoliyat olib borayotgan sanoqli mustaqil jurnalistlardan biri Sid Yanishev Ichki ishlar vazirligiga chaqirtirilib, sudga tortish bilan tahdid qilingan.

Sid Yanishev taxallusi bilan tanilgan toshkentlik jurnalist Said Abdurahimovning 26 iyun kuni militsiyaga chaqirtirilishiga uning bir oy avval Farg‘ona.Ru saytida bosilgan Toshkentdagi uylar buzilishi va uy egalarining huquqlari toptalishi haqidagi maqolasi sabab bo‘lgan.

Bu haqda jurnalistning o‘zi Ozodlikka ma‘lum qildi:

- 25 iyun kuni menga telefon qilib, organ xodimlari bilan konfidentsial suhbat uchun Ichki ishlar vazirligiga borishimni aytishdi. Men chaqiruv qog‘ozisiz u yerga bormasligimni aytdim. Telefondagi qisqa suhbatdan so‘ng 15-20 daqiqaning ichida povestkani menga yetakzishdi, qo‘l qo‘yib, borishimni aytdim, - dedi Yanishev.

Bir kun o‘tib, Sid Yanishev militsiya huzuriga borgan va unga go‘yoki jurnalistning mahalla ishiga aralashuvidan norozi bo‘lgan uy egalarining dasta-dasta ariza va shikoyatlari bitilgan qog‘ozlarni ko‘rsatishgan.

Jurnalist bilan muloyim gaplashgan militsiya xodimlari jurnalistga noholislikning javobgarligi borligi va ustidan tushgan barcha hujjatlarni sudga oshirishlari haqda ogohlantirganlar.

Ayni paytda Sid Yanishevning aynan nimada ayblanayotgani ma‘lum emas.

Yanishev bir oy avval Toshkentning Shayxontohur tumanida yuzlab xonadonlar buzib tashlangani, uy egalariga esa rasmiylar hech qanday tovon puli ajratib bermagani haqda xabar bergandi.

Jurnalist Sid Yanishev O‘zbekistonda Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanayotgan bir paytda bosimlarga uchramoqda.

Farg‘ona.ru tahririyati Yanishev kasbiy faoliyati uchun tazyiqqa uchrayotganini aytib, O‘zbekiston hukumatini mamlakat Konstitutsiyasi va ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunga amal qilishga chaqirdi.

- Bu O‘zbekistonda jurnalistlar bayrami kuni bo‘layotgani ajablanarlidir. Rasmiy matbuotda mamlakatda jurnalistlar uchun sharoitlar yaratilgani, tsenzura yo‘qligi haqida gapiriladi. Bir paytning o‘zida jurnalistga yozgan maqolasi uchun tahdidlar qilinmoqda, - deydi Farg‘ona.ru sayti bosh muharriri Daniil Kislov.

2010 yilda O‘zbekistonda qolgan oz sonli mustaqil jurnalistlar prokuraturaga chaqirtirilib, yozgan maqolasi yuzasidan so‘roqqa tutilgan. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lishgandi.

- Yanishevning militsiyaga chaqirilishi va u bilan muloyim suhbat O‘zbekistondagi boshqa mustaqil jurnalistlar bilan bo‘lgan hodisani eslatadi. Malik Boboyev, Yelena Bondarlarni shu yo‘l bilan mamlakatdan chiqib ketishga majburlashgandi, - deydi Daniil Kislov.

Lekin, Sid Yanishev tahdidlarga qaramay mamlakatdan chiqib ketish niyati yo‘qligini aytadi.

- Meni mamlakatimdan ketish niyatim yo‘q. Men shu mamlakat patriotiman. Meni qo‘rqitishga harakat qilishyapti, lekin qo‘rqitisholmaydi, - deydi o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Sid Yanishev.

XS
SM
MD
LG