Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2020, Тошкент вақти: 02:47

Bu yil O‘zbekistonda bakalavr bosqichiga 57907 talaba olinadi


Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga bakalavr bosqichi bo‘yicha 57 ming 907 nafar talaba qabul qilinadi.

Shundan byudjet o‘rinlarining soni 19 ming 120ta, to‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlar 37 ming 487tani tashkil etadi.

O‘zbekiston prezidentining oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 2014-2015 o‘quv yilida magistraturada o‘qish uchun esa 5000 talaba qabul qilinadi.

Shulardan 1548tasi davlat granti, 3452tasi to‘lov-kontrakti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oliygohlarga 500 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirgan. O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida bir o‘ringa o‘rtacha to‘qqiz kishi da‘vogar bo‘lgan.

Eng katta tanlov – bir o‘ringa 20 dan ziyod kishi – Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialida qayd etilgandi.

XS
SM
MD
LG