Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:49

AQSh Duma deputatini o‘zbekistonlik kriminal avtoritet G‘afur Rahimov bilan hamkorlikda aybladi


Adam Delimxanov (o‘ngda) Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bilan.
Adam Delimxanov (o‘ngda) Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bilan.

AQSh Moliya vazirligi Rossiya Dumasi deputati Adam Delimxanovni uyushgan xalqaro guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritdi.

Vazirlikning 2 iyul kuni e‘lon qilingan bayonotida Delimxanovning “Birodarlik xalqasi” deb nomlangan xalqaro kriminal guruh yetakchilaridan biri hisoblangan o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov "nomidan yoki uning manfaatlari yo‘lida ish olib borishi" aytiladi.

Bayonotda Delimxanovning ishlariga oid boshqa tafsilotlar berilmagan.
Hujjatda “Birodarlik xalqasi” deb atalgan xalqaro kriminal guruh a‘zolarining Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida faoliyat yuritib kelayotgani aytiladi.

AQSh hukumati 2012 yili ushbu guruhda belgilovchi shaxs deb ko‘rilgan o‘zbekistonlik kriminal avtoritet G‘afur Rahimovni ham uyushgan xalqaro guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritgan edi.

AQSh Rahimovni dunyoning yirik narkosindikatlarida geroin savdosi bilan shug‘ullanishda ayblab keladi.

Moliya vazirligi sanktsiyalar ro‘yxatidagilarning AQSh banklaridagi hisoblarini muzlatadi va AQSh fuqarolarining ular bilan har qanday hamkorligini taqiqlaydi.

XS
SM
MD
LG