Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:27

Bozordagi tartibsizliklarni kim bartaraf etadi?


Andijonning yangiyu eski bozorida qishin-yozin shu ahvol¸ degan mahalliy xaridorlardan biri¸ qaysi ahvol haqida gap ketayotganini so‘z bilan tasvirlab o‘tirish o‘rniga¸ manzara suratini ilova qilishni ma‘qul topdi.

"Bu Andijon shahrining eski shahar bozori edi. Yangi bozor va Jahon bozorida ham holat shunday.

Men bu bozorni 10 yildan beri bilaman. Chunki 10 yildan beri bozorlik qilish mening bo‘ynimda.

Bozor mutasaddilarining bu bilan ishlari yo‘q. Ular faqat pul yig‘ishni biladi¸ xolos.

Bu manzarani ramazon tufayli desangiz¸ adashasiz. Chunki Andijonning deyarli barcha bozorlarida qishin-yozin shu ahvol.

Bu holatlarga kim javobgar? Tartibsizliklarni kim bartaraf qilishi kerak?

Bozorda har bir mahsulotni sotishga o‘zining pavilonlari bor. Ammo soat 14-15dan keyin manzara shu holga keladi."

XS
SM
MD
LG