Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

AQSh Rossiya armiyasi Ukrainani o‘qqa tutganini tasdiqlovchi dalillarni ochiqladi


AQSh Davlat departamenti Rossiya hududidan Ukrainaga qarata raketa hujumlari amalga oshirilgani haqidagi iddaolarni tasdiqlovchi sun‘iy yo‘ldosh olgan suratlarni ochiqladi.

To‘rt sahifalik hisobotda keltirilgan suratlarda Rossiya hududidagi raketa pozitsiyalari va Ukrainadagi nishonga olingan joylar ko‘rsatilgan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, dalillar 21-26 iyul oralig‘ida Rossiya tarafidan og‘ir harbiy tehnika ishlatilganiga ishora qilmoqda.

Donetsk viloyatida joylashgan Gorlovka shahrida 27 iyulь kuni uyushtirilgan hujumlar natijasida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh bola halok bo‘lgan.

Viloyat rasmiylari Gorlovkadagi kishilar o‘limiga “harbiy amaliyotlar” sabab bo‘lganini aytib, hujumlarga qaysi taraf mas‘ul ekanini ochiqlamadi.

Ukraina hukumati kuchlari 26 iyul kuni Rossiya tarafdori bo‘lgan ayirmachilar nazoratidagi Donetsk shahriga hujumni qayta boshladi.

To‘qnashuvlar 250 ming aholi istiqomat qiladigan Gorlovka shahri yaqinida ro‘y berayotgani xabar qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG