Ўзбекистондаги олий ўқув юртларига қабул имтиҳонлари 1 август куни бўлиб ўтади. Йил давомида тайёрланган абитуриентлар шу куни саҳарлаб олийгоҳлар остонасида навбатга турадилар ва сўнгра тушга қадар тест синовларини ечадилар.
Озодликнинг Самарқанддаги блоггери 2013 йил 1 август куни Самарқанд Давлат университетида олган суратларини таҳририятга йўллар экан, кириш имтиҳонлари арафасида "буюк кун"ни Озодлик муштарийларига хотирлатди.
Шунингдек, кириш имтиҳонлари ҳақидаги фикр-мулоҳазаларини Озодликка йўллади.
* * * * * * * * * * *
"Ertaga 1-avgust kuni ertalabdan yani 5:30 talabalar universitet va intitutlar tomon oshiqadilar. Sababi intiqib kutilgan va yillar davomida o`rgangan talabalarning kutgan kunlari keldi.
Imtihon kunida ko`chada talabalar gavjum bo`lishadi. Ular institutga ertaroq borish uchun tongdan yo`lga chiqishadi. Qishloqlardan kelgan talabalar shaxarni yaxshi bilmaganlar uchun taksilarga o`tirishadi.
Taksilarning narxi o`sha kuni 2- 3 baravar oshib ketadi.
Yana bir qiyinchilik shuki, ertaga 1-avgust kuni o`zbekistondagi mobil aloqa operatorlari 8:00 dan to 12:gacha internet-GPRS hizmatini o`chirishadi, Bunga sabab imtixonga telefon olib kirgan talabalar internetdan foydalana olisholmasliklari uchun. Lekin Imtixonlarni deb boshqa odamlar o`sha kunning birinchi yarmida internetsiz qolishadi.
Men ertaga o`zim ham talabalik uchun imtixon topshiraman va sizlarga 2014-yil 1-avgust imtixonlari jarayonidan foto-videolar yubora olmayman. Buning orniga o`tgan yilgi test imtixon jarayonidan FOTOLAR jo`natdim.
Quyidagi fotolar, 2013-yil 1-avgust Samarqad davlat universitetidagi tasvirlar".