Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:15

“O‘zbekiston hukumati 92 yili olgan 1 rublini $1 qilib qaytarsa, adolatdan bo‘lur edi”


Aziz tinglovchi, tasavvur qiling, 1992 yili bir tanishingiz Sizdan 500 rubl qarz olgan va o‘shandan beri “dumini tutqazmay” yurgan edi. Qarzdor kecha paydo bo‘ldida, “Sizdan 92 yili olgan qarzimni qaytarmoqchiman. Davlat belgilab bergan koeffitsent bo‘yicha, o‘sha davrdagi 500 rubl shu kunda 700 o‘zbek so‘miga yetib-etmagan pul bo‘lar ekan. Mendan ketsa – ketsin, mana Sizga 1000 so‘m, rozi bo‘ling!” desa, rozi bo‘larmidingiz?

Xuddi shu savolni OzodNazarning bugungi mehmoni, iqtisodiyot olimi Saparboy Jubayevga berdik.

Astana shahridagi Yevrosiyo universiteti dotsentiga yuqorida keltirilgan savolni berishimizga O‘zbekiston hukumati bundan 22 yil muqaddam xalqdan ko‘targan qarzini qaytarishiga oid ajab savdolar to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Demak, Saparboy Jubayevning OzodNazari bilan tanishing:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:04 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG