Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:32

OzodNazar: O‘zbekiston Rossiyaga meva va go‘sht bersa, o‘zimizda narx oshadi


OzodNazar eshittirishining bu sonida farg‘onalik yosh iqtisodchi Komron Ikromov mehmon bo‘ldi. Suhbat mavzui Rossiya G‘arbga o‘z eshiklarini yopishi ortidan O‘zbekiston uchun ochilgan iqtisodiy darvoza haqida.

Kreml rahbari Vladimir Putin Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qilgan G‘arb mamlakatlaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bundan keyin Rossiyada O‘zbekistondan meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlari sotib olish imkoni paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston 2016 yil oxiriga qadar Rossiyaga meva va sabzovot eksporti hajmini ikki baravar oshirishi mumkin.

Farg‘onalik iqtisodchi Komron Ikromov ozodlik bilan suhbatda o‘zbek dehqonlarining Rossiya bozoriga meva yetkazib berish imkoni xayrli ekanini ta‘kidladi.

O‘zbekiston o‘tgan yili Rossiyaga 200 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan. Bundan mamlakat 300 million AQSh dollari miqdorida foyda ko‘rgan.

Bu yil O‘zbekiston Rossiyaga 250 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berishni rejalamoqda.

Hozir O‘zbekiston chetga eksport qiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 80 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Farg‘onalik yosh iqtisodchi Komron Ikromov O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi uchun ochilgan yangi istqibollar haqida gapirar ekan bu asnoda mamlakat bozorlarida go‘sht va poliz maxsulotlarining qimmatlashi ehtimoliga ham to‘xtaldi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:27 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG