Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:31

Kamoliddin Yo‘ldosh: Erdo‘g‘onning saylovdagi g‘alabasi - mag‘lubiyatidir!


Turkiyaning so‘nggi 90 yillik tarixida ilk bor xalq tomonidan saylanayotgan prezident lavozimiga asosiy da‘vogar Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat ichkarisida ham tanqid qilinmoqda. Saylovning birinchi bosiqichidayoq g‘olib chiqishi ehtimoli yuqori ko‘rilayotgan Erdo‘g‘onning g‘alabasini tahlilchilar "mag‘lubiyat" o‘laroq baholamoqda.

10 avgust kuni Turkiya tarixida ilk bor prezident xalq tomonidan saylandi.

Turkiya prezidenti lavozimiga iqtidordagi Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘ondan tashqari yana ikki nomzod, ya‘ni, 71 yoshli Akmaliddin Ihsono‘g‘li va 41 yoshli kurd siyosatchisi Salohiddin Demirtosh da‘vogarlik qildi.

Agar nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz olmasa, ko‘poq ovoz to‘plagan ikki nomzod 24 avgust kuni saylovlarning hal qiluvchi bosqichida bellashishi lozim.

Ammo, tahlilchilar va jamoatchilik so‘rovini o‘tkazgan ayrim tahlil markazlari birinchi bosiqichning o‘zidayoq amaldagi Bosh vazir Erdo‘g‘on 50 foizdan ortiq ovoz qozonishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Turkiya Respublikasi 90 yil oldin tashkil etilganidan hozirga qadar mamlakat prezidenti parlament a‘zolari tomonidan saylab kelingan.

10 avgust kuni ilk kez mamlakat prezidentiga ovoz berayotgan istanbullik saylovchilar kayfiyatini kuzatgan o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Kamoliddin Yo‘ldosh u qadar jo‘shqinlik va hayajonga guvoh bo‘lmaganini aytadi.

- Odatda, saylov kuni u qadar jo‘shqin va yuqori kayfiyatda o‘tmaydi Turkiyada. Jo‘shqinlik saylovga qadar - targ‘ibot va tashviqot kampaniyalari paytida ko‘proq kuzatiladi. Bu gal ana shu targ‘ibot kampaniyasida ko‘proq amaldagi Bosh vazir Rejap Tayyip Erdo‘g‘on o‘z ma‘muriy resurslaridan ko‘p foydalangani kuzatildi va qolgan 2 nomzodga deyarli efir vaqti berilmadi. Bundan tashqari, Erdo‘g‘on o‘z nomzodini saylovda qo‘yarkan, qonunga muvofiq lavozimidan ketishi kerak edi. Ammo, u ketmadi va shu kabi qonunga zid harakatlar va xizmat vazifasini suiste‘mol qilishlar Erdo‘g‘onga nisbatan tanqidiy kayfiyatni kuchaytirdi va nazarimda, buning oqibatlari saylov kuni emas, balki natijalardan so‘ng ko‘rina boshlasa kerak, - deydi Kamoliddin Yo‘dldosh.

Turkiya prezidentiga 55 million saylovchi ovoz bermoqda.

Uch muddat bosh vazir bo‘lgan Erdo‘g‘on saylov orqali prezidentlik kursisiga ham intilmoqda. Agar u saylovda g‘olib chiqsa, prezidentlik vakolatlarini kengaytirish niyatini yashirmagan.

Xususan, Turkiyada Qo‘shma Shtatlardagi kabi ko‘proq vakolatga ega prezidentlik boshqaruvini joriy etajagini aytgan.

Kamoliddin Yo‘ldosh fikricha, saylovda Erdo‘g‘on yoki qolgan ikki nomzoddan biri g‘olib chiqqan taqdirda ham Turkiyaning bugungi siyosati, shu jumladan, mamlakatning Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga oid siyosatida jiddiy o‘zgarishlar kutish mushkul.

- Bugungacha Turkiya hukumati, Erdo‘g‘on misolida, siyosatining ustivor yo‘nalishi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kuchaytirish bo‘lmaganini ko‘rsatib kelmoqda. Turkiya hukumatining ustivor yo‘nalishi eski Usmonli imperiyasi hududlari - Yaqin Sharq, Suriya, Iroq, Falastin kabi hududlardir. Markaziy Osiyo esa eskidan Rossiya imperiyasi hududida bo‘lgan va hanuz bu mintaqada Rossiya, Xitoy, Amerika manfaatlari ustun. Shu bois, Turkiya hokimiyatiga kim kelishidan qat‘iy nazar bu davlatda Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatning o‘zgarishini men taxmin qilmayman, - deya xulosa qiladi jurnalist.

Камолиддин Йўлдош: Эрдўғоннинг ғалабаси - мағлубиятидир!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:29 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG