Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:44

Jizzaxda 50 militsioner tushgan avtobus ag‘darilib, ikki xodim jarohatlandi


Jizzax viloyati Zomin tumanidan viloyat markaziga militsiya xodimlarini olib kelayotgan avtobus ag‘darilgani oqibatida ikki nafar militsiya xodimi jiddiy jarohatlandi.

Militsionerlar Zomin tumanida 12 avgust kuni o‘tkazilgan aksilterror tozalash amaliyotidan qaytib kelishayotgani bildirildi.

Voqeani Jizzax viloyat prokuraturasi taftish qilmoqda. Jizzax viloyati prokuraturasidagi Ozodlik manbalarining aytishiga ko‘ra¸ avtoavariya 12 avgust kuni kechqurun 19 lar atrofida yuz bergan.

Zomin tumanidan chiqaverishda 12 avgust kuni halokatga uchragan avtobusda Jizzax viloyatining tilga olingan tumanida o‘tkazilgan aksilterror tozalash amaliyotida ishtirok etgan 50 nafar militsiya xodimi bo‘lgan.

Zomindan viloyat markaziga qaytayotgan avtobus ag‘darilgani oqibatida ikki nafar militsiya xodimi jiddiy jarohatlandi bildirildi.

Halokat sabablariga oid prokuratura o‘rganayotgan taxminlardan biriga ko‘ra, avtobus haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi oqibatida ag‘darilgan.

Avtobus ichida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining turli bo‘limlarida ishlaydigan xodimlar bo‘lgan.

Avtohalokatga uchragan militsionerlardan biri ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlik bilan suhbatlashdi. Bu militsionerning aytishiga ko‘ra, avtobus ichidagi militsionerlarning ayrimlariga jiddiy jarohat yetgan – qo‘llari, oyoqlari singan. Biroq qurbonlar yo‘q.

Avtobus ag‘darilgani oqibatida jabrlangan militsionerlarlarni tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Jizzax viloyat IIB poliklinikasiga olib borishgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, militsionerlar Zomin tumanida, O‘zbekiston mustaqilligi arafasida o‘tkazilgan aksilterror tozalash tadbiri doirasida pasport nazoratini amalga oshirishgan.

Ozodlik tasarrufidagi ma‘lumotlarga ko‘ra, 12 avgust kuni Jizzax viloyati IIV xodimlari Zomin tumanida uyma-uy aylanishgan va tumanda kimlar yashayotgani va fuqarolarning propiskasi bormi-yo‘qligini tekshirishgan.

yoz isssig‘ida Zomin tumanida dam olayotgan mehmonlar ham to‘xtatilib , nima asosda, nima sabab bilan kelgani surishtirilgan.

Shu kunlarda jizzaxliklar orasida “tinchi buzilgan zominliklar ataylab militsionerlar tushgan avtobus yo‘liga tosh tashlab, uning ag‘darilishiga sabab bo‘ldi”, degan mish-mishlar urchigan.

Ozodlikning Jizzax viloyat prokuraturasidagi manbasining aytishiga ko‘ra, prokuratura barcha versiyalarni ko‘rib chiqmoqda.

XS
SM
MD
LG