Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:46

Rossiya Prezidenti Qurolli Kuchlar rivojiga 20 trillion sarflamoqchi


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bundan ikki oy muqaddam Rossiya bosib olgan Qrimda Davlat Dumasi deputatlari oldida payshanba, 14 avgust kuni qilgan chiqishi chog‘ida Rossiya Qurolli Kuchlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun 20 trillion rubl ajaratilajagi to‘g‘risida bayonot berdi.

”Bizga zamonaviy, ixcham va samarali Qurolli Kuchlar kerak. Bu maksadni amalga oshirish uchun 2020-2021 yilgacha mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi”, dedi Putin.

Uning aytishicha, gap boshqa mamlakatlar tasarrufida bo‘lmagan hujum va mudofaa sistemalari ustida bormoqda. Putinning aytishicha, dunyo davlatlari bunday sistemalar to‘g‘risida hali eshitgan ham emas.

Ayni paytda Putinga ko‘ra, Moskva "militarizatsiya bilan shug‘ullanayotgani yo‘q", amalga oshirilayotgan ishlar esa, mamlakat “mudofaa sanoatini rivojlantirishga o‘ta jiddiy turtki” beradi.

Rossiya Prezidenti, o‘z chiqishi davomida Ukrainaning sharqida kechayotgan jarayonlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda va mojaroning tezroq barham topishi uchun u barcha ishni qiladi.

Uchrashuv chog‘ida Putin Qrimda harbiy gruppirovka tuzish va rivojlantirish dasturini tasdiqlaganini ham ma‘lum qildi.

“Mudofaa vazirligi qurollanish dasturiga qo‘shimcha va Qrimda harbiy gruppirovka tuzish va rivojlantirishga maxsus dasturini ishlab chiqqani to‘g‘risida sizga ma‘lumot berib qo‘ymoqchiman. Men bu dasturni tasdiqladim”,- dedi Putin.

Rossiya Prezidenti Davlat Dumasi deputatlari bilan uchrashuvi chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni “qonli xaos” va “birodarkushlik”, deb atadi. Uning fikricha, vaziyat kundan kunga murakkablashib ketmoqda.

G‘arb davlatlari Ukraina sharqidagi vaziyatni keskinlashtirganlikda, separatchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda Rossiya rahbariyatini ayblab, unga qarshi qator sanktsiyalar joriy etgan.

Putinning Qrimga qilgan ikki kunlik safari uning Ukrainaga qarashli mazkur yarim orolni Rossiya bosib olganidan beri bu yerga qilgan ikkinchi safaridir.

XS
SM
MD
LG