Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:37

Kontrabandachiligi taxmin qilingan o‘zbekistonlikni qirg‘iz chegarachilari otib o‘ldirdi


19 avgust kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qirg‘izistonlik chegarachilar O‘zbekiston fuqarosini otib qo‘ydi. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining ma‘lum qilishicha, noxush hodisa Botken viloyatining Qadamjoy tumani O‘rto‘ Intimaq qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

Qirg‘iz chegarachilari versiyasiga ko‘ra, chegara naryadi Qirg‘iziston hududida - chegara chizig‘idan 250 metrlar berida 20-25 chog‘li noma‘lum kishilarda duch kelganlar. O‘zbekiston tomonidan chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tgani taxmin qilinayotgan bu odamlar, qirg‘iz chegarachilariga iddaosicha, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kontrabanda yuklari solingan tugunlarni olib etishga urinayotgan bo‘lganlar.

“Qonunbuzarlar chegara naryadining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatib, chegarachilarni toshbo‘ron qila boshlaganlar. Chegara naryadi bir necha bor osmonga ogohlantiruvchi o‘q otishga majbur bo‘lgan. Ogohlantiruvchi o‘qqa davlat chegarasini buzganlar e‘tibor qilmaganlar. Chegara naryadi qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan, natijada qonunbuzarlardan biri – O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan”, deyiladi Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabarnomasida.

Qirg‘iz chegarachilariga ko‘ra, chegara naryadi o‘q tekkan kishiga dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatgan, biroq kasalxonaga ketishda u olingan jarohat tufayli jon taslim qilgan.

“Qolgan qonunbuzarlar O‘zbekiston tomoniga o‘tib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar” deya xabar qilgan qirg‘iz chegarachilari qonunbuzarlarni qo‘lga olish chog‘ida ikki chegarachi turli darajadagi tan jarohatlari olganini qo‘shimcha qiladi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati mazkur hodisa yuzasidan respublikaning tegishli organlari xabardor qilingani hamda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tekshiruv boshlanganini xabar qiladi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida seshanba kuni sodir bo‘lgan bu voqea yuzasidan O‘zbekiston tomoni hali birorta rasmiy ma‘lumot tarqatganicha yo‘q.

Mavzu tafsilotlari bilan kun davomida tanishasiz.

XS
SM
MD
LG