Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:39

Moskvada yo‘qolgan qo‘qonlik Sarvarjon qidirilmoqda


Moskvaning Julebino tumanida joriy yil may oyida daraksiz ketgan qo‘qonlik 19 yashar Sarvarjon Ibrohimovni yaqinlari qidirmoqda. Rossiya poytaxtida farroshlik qilib kelgan Sarvarjon yotoqxonasidan chiqib ketgach, u bilan aloqa uzilgan. Sarvarjon yaqinlari uning qullikka tushib qolganini taxmin qilmoqda.

Moskvada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik Sardor Ozodlikka murojaat qilib, 1994 yil 29 dekabrda tug‘ilgan ukasi Sarvarjon Iskandarovich Ibrohimov yo‘qolib qolganini xabar qildi:

- Moskvaning Julebino rayonidagi Privolnaya ko‘chasidagi 32- uyda dvornik bo‘lib ishlagan. Kechki payt ishdan yotoqqa ketib, qaytib kelmadi. Ayam ham shu yerdalar, kutdik-kutdik, keyin telefon qilib o‘sha yerdagilardan bildikki, ertasi yakshanba kuni obedga yaqin chiqib ketgan. Shu bilan topa olmadik, mana ikki oy bo‘ldi. Men saytlaringizda ko‘rdim, odamlarni podvallarda yashirincha ushlab o‘tirganini, mehnat muhojirlarini, ishchilarni O‘zbekistonga qaytarganingizlarni ko‘rib, balkim biror yomon odamlar qamab qo‘ygandir. Telefonlari ham o‘chirilgan, pasportlari bizda edi. Ayam ham rosa qidirdilar, bormagan joyimiz qolmadi: otdeleniyelarga, bu yerdagi tanish deputatlarga murojaat qildik. FMSga ham bordik, deport qilinganlar ro‘yxatida ham yo‘q ekan,- deydi Qo‘qondan ekanini gapirgan Sarborbek.

Sardorbek ukasi shu yilning 25 mayida soat 10:45larda “Ishga ketyapman”, deb chiqib daraksiz ketganini ma‘lum qildi.

Сардор билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

Muhojirning aytishicha, ular oilaviy – ota-ona va ikki o‘g‘il – Julebinoda farroshlik qilib kelgan.

Sarvarjonning onasi – Gulsanam opa o‘g‘lining dushmani bo‘lmagani va unga bundan oldin birov tahdid qilmagani, o‘g‘li 2014 yilning yanvar oylarida birinchi marotaba Rossiyaga kelib, akasi bilan bir joyda ishlashni boshlaganini aytadi.

Gulsanam opa Ozodlikka o‘g‘li tirik ekaniga ishonishini gapirib, Sarvarjonning yo‘qolishiga o‘z taxminini keltiradi:

- O‘g‘limning Rossiyaga birinchi kelishi. U faqat shu ishga borardi, kelardi. Shaharni bilmas edi. Biz ishlayotgan korxona rahbariyati bilan kelishmovchilik bo‘lgandi. Men shu yangi xo‘jayinlar – firmalari ko‘p-da – o‘g‘irlab ketib, ushlab turibdimi, deb o‘ylayapman. Axir onalik mehri bor-ku, bolasini tirik-o‘likligini sezadi. Bormagan joyim, murojaat qilmagan joyim qolmadi,- deydi Gulsanam opa.

Гулсанам Иброҳимова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:01 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Moskvaning Julebino tumanida farrosh bo‘lib ishlab kelgan Ibrohimov Sarvarjonni ko‘rganlarni yoki u haqda biror ma‘lumotga ega bo‘lganlarni Ozodlikka xabar berishlarini so‘raydi.

XS
SM
MD
LG