Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:51

Toshkent viloyatida benzin tijoriy narxda sotilmoqda


Joylardan olingan xabarlarga qaraganda, qariyb ikki haftadan buyon O‘zbekiston viloyatlaridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining aksariyati yopiq.

Keyingi kunlarda Toshkent viloyatida benzin tijoriy narxlarda sotilayotgani ma‘lum bo‘ldi.

Bu holat viloyatlarga qaraganda yonilg‘i bilan yaxshiroq ta‘minlanayotgan poytaxt aholisida benzin tijoriy narxlarda sotila boshlarmish, degan xavotirni paydo qildi.

Bu xavotir tinglovchilardan Ozodlikka kelayotgan maktublarda aks etmoqda:

“Toshkent shahri atrofidagi “O‘zgazoyl” shoxobchalarining ko‘pchiligida benzin narxi kommercheskiyga o‘zgartirildi. 81-benzin 3000 so‘m, 91- benzin 3200 so‘mdan sotilmoqda. Xaridorlar bu holat shaharga ham ko‘chishidan xavotirda”, deyilgan xatlardan birida.

Ma‘lum bo‘lishicha, “betonka”ning (poytaxtdagi xalqa yo‘l) narigi tomonida narx balandligi hech kimga sir emas.

“O‘zgazoyl” shoxobchalaridan birining operatori Ozodlik savoliga javob berar ekan, “Betonkaning u tomonidagi filiallarimiz kommercheskiy narxlarga o‘tgan. U yerlarda benzin 3000 so‘mning ustida”, dedi.

Ismi aytilishini istamagan farg‘onalik bir haydovchining aytishicha, u yashaydigan shaharda ham “O‘zgazoyl” shoxobchalaridan birida benzin davlat belgilab qo‘ygan narxda sotilsa, ikkinchisida tijoriy narxda sotiladi”.

Farqning sababi nimada?

Farg‘onalik haydovchi el og‘zida yurgan mana bu gapni aytdi: qimmat narxdagisi Rossiyadan import qilingani, davlat narxida esa, mahalliy benzin sotiladi. Lekin sifatida farq yo‘q.

Savolning aniq javobini biladigan shirkat - “O‘zgazoyl” bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Javobini izlayotganimiz asosiy savol – Toshkentda benzin narxi tijoriylashib ketmaydimi, degan savolga "O‘zbekneftmahsulot" hissadorlik shirkatining ismi sir qolishini istagan rasmiysi bundan 2 kun muqaddam aytgan gap hozircha javob bo‘lishi mumkin:

- Benzin narxi oshmaydi, lekin benzinga soliq oshishi mumkin. Soliq oshgani benzin oshganligini bildirmaydi. Mana bugun benzin bemalol sotilyapti,- degan edi "O‘zbekneftmahsulot" shirkati rasmiysi 25 avgust kuni.

O‘sha kuni benzin bemalol sotilsa-sotilgandir. Lekin 27 avgust kuni “O‘zgazoyl” Toshkentdagi shoxobchalaridan birida yonilg‘i kunning birinchi yarmida tugagani ma‘lum bo‘ldi. Shoxobcha operatori bilan Toshkent vaqti bilan soat 13.30 da gaplashdik:

- Benzin bormi?

- Tugadi. Tugaganiga 1 soat bo‘ldi.

- Har kuni shunday ahvolmi?

- Berishayapti. Vaqtida sotayapmiz, lekin tez tugab qolayapti-de...

Manzara to‘liq bo‘lishi uchun shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, boshqa bir shoxobcha operatori dadil “Benzin bor”, dedi.

Biroq viloyatlarda, xususan, 27 avgust kuni so‘rab bilganimiz Jizzaxning Zarbdorida va Farg‘ona shahrida qariyb ikki haftadan beri benzin yo‘qligi ma‘lum bo‘ldi.

- Zapravkalarda qariyb 10 kundan beri benzin sotilmayapti. Odamlar benzinni qo‘ldan litrini 4 – 4,5 ming so‘mdan olishayapti, dedi Ziyodillo ismli zarbdorlik.

Shunga o‘xshash gapni farg‘onalikdan ham eshitdik.

Benzin taqchilligi bilan bog‘liq vaziyatni sharhlab berishni shu kunda Yevropa mamlakatlaridan birida istiqomat qilayotgan iqtisodchi, Moliya vazirligining sobiq xodimi Saodat Nishonovadan iltimos qildik.

U kishining aytishicha, O‘zbekistonda benzin narxi davlat tomonidan nazorat qilinadi va bu holatda talab ehtiyojdan ortib ketishi natijasida taqchillik paydo bo‘ladi. Import hajmini oshirish uchun esa, valyuta zahirasi yetarli emas. Ikkinchidan, paxta terimi mavsumi boshlanmoqda. Shuning uchun benzin harajati qat‘iy limitlashtiriladi. Poytaxtda nazorat kuchliroq bo‘lgani uchun benzinni davlat belgilab qo‘ygan narxda sotishga majburlar. Nazorat zaifroq bo‘lgan joylarda qimmatroq sotishadi. Chegaraga yaqinroq joylarda “qora import” ham bo‘lishi mumkin, dedi Saodat Nishonova.

O‘zbekistonlik iqtisodchi bilan rus tilida o‘tkazilgan qisqa savol-javobni quyida tinglang:

Ўзбекистонлик иқтисодчи Саодат Нишонова бензин тақчиллиги ҳақида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG