Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2021, Тошкент вақти: 21:09

“Islom bayrog‘i ilinishi hukumat provokatsiyasi emas, Rossiyaning ishi bo‘lishi mumkin”


OzodNazarning bugungi sonida kuni kecha Toshkentda sodir bo‘lgan va poytaxtdagi huquq-tartibot organlari xodimlarini oyoqqa turg‘azgan favqulodda voqea – noma‘lum shaxslar tomonidan Yunusoboddagi ko‘prikka islomiy bayroq ilib ketilganini toshkentlik siyosatshunos Anvar Nazirov bilan muhokama qildik.

Ozodlikning bayroqqa oid batafsil xabari mushtariylarimizning juda katta qiziqishini uyg‘otdi. U bir kecha-kunduz ichida Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar ro‘yxatining tepasiga chiqdi. Ushbu satrlar yozilayotgan soatlarda (Toshkent vaqti bilan soat 18.58) xabarni o‘qiganlar soni 26031 kishiga yetdi.

Siz tinglovchining mazkur voqeaga qiziqishi materialimizga kelayotgan sharhlarning ko‘pligidan ham ko‘rinmoqda.

Sharh qoldirayotganlar bir-biriga zid fikr bildirayotgan ikki guruhga bo‘lindi: bayroqni kim ilganiga oid har tomonning o‘z fikri bor.

Lekin siyosatshunos Anvar Nazirov uchinchi versiyani ilgari surdi...

Bugungi OzodNazarda Uelsda ish boshlagan NATO sammiti va Ukraina bo‘hroni mavzui ham muhokama qilindi.

Анвар Назировнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:03 0:00
Бевосита линк

OzodNazar eshittirishi mehmonlari bildirgan fikrlar ularning fikrlaridir, Ozodlik radiosi pozitsiyasi muhokama qilinayotgan masalalarda mehmonlar pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

XS
SM
MD
LG