Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:10

O‘zbekistonda faol yosh oilalarga "Kamolot" uylari sotiladi


O‘zbekiston hukumati “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatida faol bo‘lgan yosh oilalarga imtiyozli kreditlar asosida yangi uylar bermoqchi.

Vazirlar Mahkamasi 8 sentabr kuni mamlakat bo‘ylab faol yosh oilalar uchun yangi ko‘p kvartirali uylar qurishi hamda mavjud foydalanilmayotgan uylarni rekonstruktsiya qilish qarorini qabul qildi.

Qarorda aytilishicha, bu uylar yosh oilalarga imtiyozli kreditlar asosida sotiladi. Oilalar faqatgina "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tavsiyasiga binoan tanlanadi.

Shuningdek, “Kamolot” uylari deb nomlangan ushbu uylar uchun boshlang‘ich badal talab etilmaydi.

20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga beriladigan kreditlarning foiz stavkasi O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘ladi.

Joriy yilning boshida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 12 foizdan 10 foizga tushirilgan edi.

XS
SM
MD
LG