"Biz Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining tog‘li joylaridamiz. Bu yer juda sovuq ekan.
Studentlarning joniga tegib ketdi. Hamma ketmoqchi. Ko‘pchiligiga joy yo‘q. Ko‘chada yoki paxta dalasida tunashga to‘g‘ri kelayapti.
Ko‘pchilik "Biz paxta terish uchun o‘qishga kirmadik" deb kattalarga arz qilishayapti. Kattalar "agar qochsang yoki terishdan bosh tortsang¸ o‘qishdan haydalasan" deyishayapti.
Sharoit yo‘q. Ovqat faqat choy bilan non".