Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:27

O‘zbek avtomobillarining Rossiyadagi savdosi avgust oyida 55 foizga kamaydi


Rossiyada GM Uzbekistan AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi avgust oyida 55 foizga kamayib 2443 donani tashkil etdi.

O‘tgan yil avgust oyida Rossiya bozorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 5403 dona avtomobil sotilgan edi.

2014 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiyada GM Uzbekistan korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi 20 foizga kamayib 29303 donani tashkil etgan.

O‘tgan yil shu davrida bu ko‘rsatkich 36585 donani tashkil etgan. Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston avtomobillarining Rossiya bozoridagi hissasi o‘tgan yil shu davridagi 2,3 foizdan 1,4 foizga kamaygan.

O‘zbekiston avtomobillarining birortasi Rossiyadagi eng xaridorgir 25ta avtomobil ro‘yxatidan o‘rin olmagan.

XS
SM
MD
LG