Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:31

O‘zbekistonda aholi soni 31 millionga yaqinlashib qoldi


Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisi 210 ming kishiga ko‘payib, 30 million 702 ming 800 kishini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma‘lum qiladi.

Qo‘mita ma‘lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda aholining 50,9 foizi shaharlarda, 49,1 foizi esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Qayd etilishicha, birinchi yarim yillikda mamlakatda 296 ming 800 bola dunyoga kelgan, bu 2013 yilning shu davri bilan solishtirilganda 24 mingga ko‘pdir.

Ayni paytda joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 72 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan, bu esa 2013 yilning shu davri bilan qiyoslanganda 2 mingga ko‘p.

Shuningdek, O‘zbekistondagi nikohni qaydga olish idoralarida birinchi yarim yillikda 107 ming 800 ta nikoh va 14 ming 400 ajralish qaydga olingani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG