Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:35

OzodNazar: Gulnoraning suratlari spektakldan boshqa narsa emas


OzodNazarning bugungi mehmoni siyosatshunos Anvar Nazirov Gulnora Karimovaning matbuotga sizdirgan rasmlarini “spektakldan boshqa narsa emas”¸ deya ta‘kidladi.

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilayotgan Gulnora Karimova taqdiriga doir navbatdagi rasmlar seshanba kuni matbuotga tarqatildi.

Gulnora Karimovaning Londondagi vakiliga ko‘ra¸ rasmlarda O‘zbekiston prezidentining qizi haqiqatan uy qamog‘ida saqlanayotgani aks etgan.

Bu asnoda Gulnora Karimova bilan ikki yil burun konfrontatsiyada bo‘lgan Rossiyaning eng badavlat kishilaridan biri Vladimir Yevtushenkov ham uy qamog‘iga solindi.

Tadbirkor Rossiya Tergov qo‘mitasi tarafidan Boshqirdiston sobiq prezidenti Murtaza Rahimovning o‘g‘lidan Bashneft shirkati mulkini noqonuniy tarzda sotib olganlik va uni legalizatsiya qilganlikda ayblanmoqda.

MTSning asosiy haqdori Vladimir Yevtushenkov Rossiyada uy qamog‘iga olingani telekom shirkatining O‘zbekistonga qaytish rejalariga ta‘sir qiladimi?

OzodNazarning bugungi mehmoni siyosatshunos Anvar Nazirov bu savolga ham javob berdi.

Anvar Nazirovga ko‘ra¸ ikki yil avval O‘zbekistondan haydalgan MTS joriy yil oxiriga qadar o‘z faoliyatini tiklashi savol ostida turibdi.

Suhbatdosh bir toshkentlik sifatida o‘z shahrining nafaqat sifatli mobilь aloqa¸ balki osoyishtalikdan ham mosuvo bo‘layotganidan xavotir izhor qildi.

O‘tgan asrning oxiridagi Toshkent uchun xarakterli bo‘lgan “Bandit razborka”larining shaharga yana qaytishi Anvar Nazirovni ham tashvishlantirmoqda.

13 sentabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Beshqo‘rg‘on massivida (Ilgarigi nomi - Tansiqboyev massivi - tahr.) janjallashgan yosh yigitlarning ikki katta guruhi o‘rtasida yuz bergan pichoqlashish oqibatida beshdan ziyod yosh yigit yarador bo‘lgani va o‘nlab o‘smirlar qamoqqa olingani bildirildi.

“Hozir Qoraqamishda yashaydigan universitet domlalari yonida pichoq olib yurishibdi. Vaziyat haqiqatdan ham xatarli deydi”¸ suhbatdosh.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:11 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG