Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:06

Transvestit “Dilshod” Toshkentda kaltaklandi


Dilshod deb tanilgan yigit transvestit bo‘lgani uchun kaltaklandi.
Dilshod deb tanilgan yigit transvestit bo‘lgani uchun kaltaklandi.

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan “Dilshod” ismi bilan tanilgan 20 yashar transvestit-gey 17 sentabr kuni ko‘chada kaltaklab ketildi. Bu hodisa tasvirga tushirilgan video va fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Roliklari ijtimoiy tarmoqlarda taniqli qo‘shiqchilardan ham ko‘proq tomosha qilinadigan va ayollar kiyimini kiyib ko‘chada yurishni o‘z hayot tarzi deb biladigan “Dilshod”ning kaltaklangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. (Ozodlikka bu yigitning asl ismi "Dilshod" emasligi ma‘lum.)

Videoda aks etgan voqea guvohlaridan birining Ozodlikka maktub vositasida ma‘lum qilishicha, ayol kiyimini kiyib yurgan “Dilshod” Chilonzor tumanida kaltaklangan:

“17 sentabr kuni soat kechki 8larda Chilonozor tumani¸ Shuxrat chorraxasidagi noma‘lum yigitlar ayol kiyimini kiyib nozlanib yurgan “Dilshod”ni kaltaklashdi. U kiyib olgan qiz bolacha kiyimlarni yechib tashlashdi. Kaltaklagan yigitlar voqea joyidan g‘oyib bo‘lishdi.”

Toshkent shahar ichki ishlar idoralaridagi Ozodlik manbasi voqea chorshanba kuni soat 20 dan 8 daqiqa o‘tganda bezorilik shikoyati bilan chaqiruv bo‘lganini bildirdi.

- Chaqiruv joyida bezorilar hujumiga duch kelgan yigit qutqarildi. Ammo bu yigit shikoyat arizasi yozmagani bois hech qanday ish qo‘zg‘atilmadi¸- deydi ichki ishlar xodimi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ og‘zi burni qon bo‘lgan “Dilshod”ni odamlar o‘rab olib telefonlariga rasmga tushirishgan.

Ana shunday videolardan bir nechtasi Ozodlikka yetkazildi.

“Dilshod” aks etgan deya ishoniladigan videolardan birida ayol kishi kiyimidagi yigitning og‘zi-burni qon bo‘lib turgani aks etgan. Tasvirda ko‘rinmagan tajovuzkorlar dag‘dag‘asi ham eshitilib turadi. Tasvirdagi yigitni kaltaklayotganlardan biri so‘kish aralash¸ "Amir Saidga salom demasang, abjag‘ingni chiqazamiz" deb taxdid qiladi.

Tajovuzkorlardan yana biri esa “Ko‘kraging o‘zingnikimi deya” yigitdan so‘raydi. Videoda eshitilgan ayol ovozi esa “Yana bitta teping buni” deya iltimos qiladi.

Ozodlik tasarrufidagi boshqa videolarda ayol kishi bo‘lib kiyingan “Dilshod” bilan adi-badi aytishib turgani aks etgan.

Ozodlikka kelgan ma‘lumotlarda aytilishicha¸ “Dilshod” kaltaklanganidan 25 minut vaqt o‘tgach¸ militsiya mashinalari yetib kelgan.

“Ikkita bolani tutib kelib mashinaga o‘tkazib olib ketishdi. Agar men yanglishmasam kaltaklangan “Dilshod”ni himoya qilish uchun 12 ta militsiya mashinasi keldi. 45 nafar militsiya xodimi ovora bo‘lib yetib keldi. Tomoshabinlarni sanog‘i yo‘q”, deyiladi Ozodlikka kelgan ma‘lumotda.

Ichki ishlar xodimi voqea joyiga faqat bitta patrulь mashinasi yuborilganini bildirdi.

Jinsiy ozchiliklar ikki taraflama bosim ostida

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolar tufayli Toshkentda tanilgan transvestit “Dilshod”ning ayni vaqtda gey va fohishalik qilishiga doir iddaolar bor, deydi Ozodlikning O‘zbekiston shou dunyosidagi manbalaridan biri.

- U to‘ylarda raqs tushadi. Yana bitta o‘zbek shu yo‘l bilan boyib ketdi. Hozir Dubayga qatnaydi. Toshkent glamur doiralarda rosa gap ko‘p. O‘zbek glamur doiralarida gomoseksualistlar ancha ko‘p¸- deb ta‘kidlaydi ismi sir qolishini istagan suhbatdosh.

Ayni paytda, o‘zbek jamiyatida jinsiy ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar muttasil ravishda ijtimoiy qarshilikka duch keladilar.

O‘zbekiston besoqolbozlik jinoyat hisoblanadigan 70dan ortiq mamlakatning biridir.

O‘zbekiston jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko‘ra besoqolbozlik bilan shug‘ullanganlar 3 yilgacha ozodlikdan maxrum qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG