Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:52

Rossiya matbuotiga muqobil “Nastoyasheye vremya” teledasturi efirga chiqdi


Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi hamda Amerika Ovozi hamkorlikda “Nastoyasheye vremya” teledasturini tayyorlay boshladi. 2014 yil 14 oktabr kuni ilk soni efirga berilgan rus tilidagi yangiliklar dasturi Rossiyaga chegaradosh davlatlarga rus matbuoti chetlab o‘tayotgan real voqe‘likka oid ob‘ektiv axborotni yetkazishni maqsad qilgan.

Nastoyasheye vremya” teledasturi sobiq sovet o‘lkalari - Gruziya, Estoniya, Latviya, Litva, Moldova, Ukrainadagi jamoat hamda xususiy telekompaniyalar, Internet-portallari orqali namoyish qilinadi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Pragadagi hamda Amerika Ovozining Vashingtondagi muxbirlari tayyorlaydigan 30 daqiqalik teledastur har kuni efirga beriladi va unda yangiliklar, intervьyu, original reportajlar hamda siyosiy satira janridagi lavhalar jonli tarzda efirga uzatiladi.

Loyiha Rossiyaning davlat tomonidan nazorat qilinadigan ommaviy axborot vositalari chetlab o‘tayotgan, ko‘z yumayotgan real voqe‘likka oid ob‘ektiv ma‘lumotlarni tomoshabinlarga yetkazish maqsadida tuzilgan.

“Mazkur loyiha orqali AQShning xalqaro ommaviy axborot vositalari Ukraina va sobiq Sovet Ittifoqining boshqa mintaqalarida bosqinchilik va zo‘ravonliklarga turtki bo‘layotgan, o‘ylamay olib borilayotgan beodob axborot kampaniyasiga muqobil xolis axborotni uzatishni maqsad qildi. Bu loyiha yolg‘onni emas, balki faktlarni, xolis, sinalgan jurnalistik materialni taqdim etadi”, deb bayonot berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi va Amerika Ovozi faoliyatini muvofiqlashtuvchi AQShning Xalqaro eshittirishlar kengashi raisi Jeff Shell.

“Nastoyasheye vremya” teledasturini Yevropa davlatlari va AQShda loyihaga hamkorlik qilayotgan jamoat va xususiy telekanallaridan tashqari YouTube va qator Internet portallar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda tomosha qilish mumkin.

2015 yildan boshlab “Nastoyasheye vremya” televizion dasturini kengaytirish, uni sun‘iy yo‘ldosh hamda media bozoridagi muqobil manbalar orqali tarqatishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi

Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi – AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtirilgan mustaqil nodavlat notijorat xabar agentligidir. Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi dasturlari radio, televideniye va mobil platformalar orqali 21 davlatga, jumladan, Markaziy Osiyo, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Rossiyaga 28 tildagi xabarlarni yetkazadi.

XS
SM
MD
LG