Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:38

Mo‘tabar Tojiboyeva ACAT-France mukofotining birinchi laureati bo‘ldi


Mo‘tabar Tojiboyeva.
Mo‘tabar Tojiboyeva.

“O‘tyuraklar klubi” inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti rahbari Mo‘tabar Tojiboyeva bosh qarorgohi Fransiyada joylashgan ACAT-France (“Qiynoqlarga qarshi nasroniylar harakati”) ning nufuzli Endjel-Tertr nomli mukofotining ilk laureati bo‘ldi.

Bu haqda tashkilot rasmiy sayti Jarayon.com 16 oktabr kuni xabar qildi.

“Sizni dovyuraklik va jasurlik ko‘rsatganingiz bilan tabriklaymiz. Mening eng samimiy tilaklarimni qabul qilib olsangiz”, - deya yozdi Mo‘tabar Tojiboyeva nomiga yo‘llagan maktubida ACAT jamg‘armasining raisi Fransua Valьter.

O‘zbek huquq faolini Endjel-Tertr mukofoti bilan taqdirlash marosimi joriy yilning 15 noabr kuni Parij Katolik Institutidagi tadbir doirasida o‘tkaziladi. ACAT-France mukofot egasini pul bilan ham taqdirlaydi.

Jarayon.com saytiga ko‘ra, Endjel-Tertr mukofoti inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi jasur insonlarga beriladi. Bu mukofot ACAT-France tashkiloti tomonidan birinchi marotaba berilmoqda, shuning uchun huquq faoli Mo‘tabar Tojiboyeva uning ilk sovrindori bo‘lishga muyassar bo‘ldi.

Endjel-Tertr mukofoti 1974 yili ASAT-France (“Qiynoqlarga qarshi nasroniylar harakati”) tashkilotiga asos solgan ikki ayol - Xelen Endjel (Hélène Engel) va Edit Tertr (Edith du Tertre) nomiga atab qo‘yilgan. Bu yili ACAT-France o‘zining 40 yiligini nishonlaydi.

Bundan avvalroq ACAT-France tashkiloti Mo‘tabar Tojiboyevani dunyo bo‘ylab qiynoqlarga qarshi kurashuvchi 40 nafar faol insonlar ro‘yxatiga kiritgandi.

ACAT-France mukofoti Mo‘tabar Tojiboyeva munosib ko‘rilgan dastlabki xalqaro mukofot emas. U inson huquqlari sohasidagi qator mukofotlarining laureati.

Tojiboyeva 2005 yil mayida sodir bo‘lgan Andijon fojiasidan so‘ng hibsga olingan 2006 yili 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2008 yili xalqaro tashkilotlar bosimi ostida ozod qilingan.

Keyingi yillarda Mo‘tabar Tojiboyeva Frantsiya bergan siyosiy boshpanada istiqomat qilmoqda.

Ozodlik radiosi Tojiboyevani qutlab, unga bir necha savol bilan murojaat qildi:

Мўътабар Тожибоева ACAT-France мукофоти тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:09 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG