Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:27

GSA: Toshkent aeroporti jahonning eng yomon aeroportlaridan biri


Kanadaning “Aeroportlarda uxlash bo‘yicha yo‘riqnoma” (The Guide to Sleeping in Airports) Internet nashri o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroporti jahonning eng yomon aeroportlari orasida beshinchi o‘rinni egalladi. Nashr Toshkent aeroportida korrupsiya holatlari borligini ham qayd qilgan.

Sleepinginairports.net cayti 2013 yilning sentyabridan 2014 yilning avgustigacha bo‘lgan muddat ichida so‘rov o‘tkazib, dunyoning eng yaxshi va yomon aeroportlari ro‘yxatini e‘lon qildi.

So‘rov natijasiga ko‘ra, Toshkent aeroportida uzundan-uzun navbatlar bo‘lib, ro‘yxatga olishdan tortib, bagajni topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan.

Internet nashrining yozishicha, Toshkent aeroportida navbatlar va buning natijasida yuzaga keladigan olomonni tartibga solish bo‘yicha hech qanday ish amalga oshirilmaydi.

Nashr yo‘lovchilarga Toshkent aeroportida uxlashni qat‘iy tavsiya etmaydi.

GSA Toshkent aeroportida korruptsiya holatlari ham borligini qayd qiladi.

Dunyo bo‘yicha eng yomon aeroportlar ro‘yxatida “Islomobod aeroporti” (Pokiston) birinchi, Jidda shahridagi “Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti” (Saudiya Arabistoni) ikkinchi, Katmandudagi “Tribhuvan aeroporti” (Nepal) uchinchi, Maniladagi “Nino Akinyo aeroporti” (Filippin) to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

GSA Toshkent aeroportini Osiyodagi eng yomon aeroportlar orasida to‘rtinchi o‘ringa qo‘ygan.

Toshkent xalqaro aeroporti binosi yangi va tashqi ko‘rinishdan zamonaviy bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik mijozlar u yerdagi xizmatlar sifati va noqulayliklaridan shikoyat qilib keladi.

Xususan, mustaqil kuzatuvchilar hisob-kitobiga ko‘ra, poytaxt aeroportiga kelgan yo‘lovchi pasport nazoratidan o‘tib, yuklarini olib, tashqariga chiqquncha kamida 1 soatu 40 daqiqa ketadi.

GSA ro‘yxatida dunyoning eng yaxshi aeroportlar uchligiga Singapur, Seul va Helsinki xalqaro aeroportlari kiritilgan.

XS
SM
MD
LG