2015 yil davlat byudjetini tasdiqlash orqali Oliy majlis jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soliq stavkasi 1 foizga, pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan to‘lovlarni 0,5%ga oshirishni ma‘qulladi.
Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub‘ektlari hamda fermer xo‘jaliklarni faoliyatini rag‘batlatlash maqsadida yuridik shaxslar daromad solig‘i 8 fiozdan 7,5 foizga mikrofirmalar va qurilish korxonali daromad solig‘i 6 foizdan 5 foizga pasaytiriladi.
Daromadlarni legallashtirish maqsadida korxonalar oylik ish xaqi uchun to‘laydigan ijtimoiy to‘lov 25% dan 15% tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Jismoniy shaxslar daromad soliq shkalasi
480.525 so‘mgacha (ya‘ni | soliq miqdori 7,5 foiz. |
480.526 so‘mdan 961 050 so‘mgacha (eng kam ish haqining 5-10 barobarigacha) | soliq miqdori 36.039,38 so‘m + 480.525 so‘mdan yuqori summadan 16 foiz. |
961.051 so‘mdan yuqori (eng kam ish haqining 10 barobaridan ko‘proq) | soliq miqdori 112.923,38 so‘m + 961.050 so‘mdan yuqori summadan 22 foiz. |