Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:03

Muhojiratdagi o‘zbek faollari AQShdan Toshkentga bosimni kuchaytirishni so‘radi


AQSh Islom Karimov hukumatini inson huquqlari masalasida tanqid qilib keladi, lekin faollar bundan kifoyalanmaydi.
AQSh Islom Karimov hukumatini inson huquqlari masalasida tanqid qilib keladi, lekin faollar bundan kifoyalanmaydi.

Muhojiratdagi o‘zbek faollari va huquq himoyachilari Qo‘shma Shtatlardan kelasi yilga belgilangan O‘zbekiston prezident saylovidan oldin Toshkent hukumatiga siyosiy mahbuslar masalasi yuzasidan bosim o‘tkazishga chaqirmoqda. AQSh Helsinki komissiyasida 28 oktabr kuni uyushtirilgan eshituvlar ishtirokchilari Toshkentga konkret mujdalar yuborilishi O‘zbekiston qamoqxonalaridan o‘nlab mahbuslarning ozod qilinishga hissa qo‘shishi mumkinligiga ishonishlarini bildirishdi.

Seshanba kuni AQSh Kongressining Helsinki komissiyasi deb nomlanuvchi qo‘mitasida o‘tkazilgan eshituvlarda o‘zbekistonlik sobiq siyosiy mahbus Sanjar Umarov, 15 yildan beri O‘zbekiston qamog‘ida qolayotgan Muhammad Bekjonning qizi va Hyuman Rayts Uotch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov qatnashdi.

AQSh Kongressining nufuzli vakillaridan iborat komissiya oldida chiqish qilgan faollar Vashington Toshkent hukumatiga siyosiy mahbuslar masalasida bosim o‘tkazishi o‘tgan oyda Hyuman Rayts Uotch tashkiloti e‘lon qilgan hisobotda ismlari tilga olangan o‘nlab siyosiy mahbuslarning taqdiriga ijobiy ta‘sir qilishiga ishonishlarini bildirdi.

AQShda muhojiratda yashayotgan sobiq siyosiy mahbus, “Serquyosh O‘zbekiston” koalitsiyasi yetakchisi Sanjar Umarov “Bu faqat boshlanishi bo‘ladi. O‘zbekistonda nohaq qamalgan ko‘plab odam ozodlikka chiqarilishi kerak. Bu milliy murosaga erishish tomon muhim qadam bo‘ladi”, deya ta‘kidladi.

HRU 26 sentabr kuni e‘lon qilgan hisobotida O‘zbekiston qamoqlaridagi siyosiy mahbuslar abgor sharoitlarda saqlanishi, qiynoqqa solinishi, jumladan elektr toki, nafas qaytarilishi, jinsiy tajovuz va boshqa ko‘rinishlardagi qiynoqlarga solinisha qayd etilgan.

HRUning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi BMTning Inson huquqlari kengashi qoshida O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat, xususan siyosiy mahbuslarning sharoitini nazorat qiluvchi mexanizmni ishlab chiqishi lozim, deya ta‘kidladi. G‘arb davlatlarining bu masalaga sovuqqonlik bilan yondashayotgani vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda, deya eslatdi huquq faoli.

- Bu voqealining eng ayanchli va mushkul jihatlaridan biri G‘arbning O‘zbekistonda inson haqlari toptalayotganiga panja orasidan qarayotganidir, dedi Stiv Sverdlov.

AQSh rasmiylari Karimov hukumati tarafidan fuqarolar huquqlari toptalayotganini tanqid qilib keladi, lekin huquq faollari bu masala Vashington uchun ikkilamchi muammoga aylaib qolganini aytadi. AQShning xavfsizlik masalalari, xususan Afg‘onistondagi qo‘shinlarni ta‘minlash maqsadida tashkil qilingan va O‘zbekiston hududi orqali o‘tuvchi Shimoliy Ta‘minot Tarmog‘i masalasi inson huquqlarini ikkinchi planga o‘tkazib qo‘ydi, deydi tanqidchilar.

Sverdlov AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning Afg‘onistonda jangovar harakatlarni yakunlayotgani Vashington ma‘muriyatining “O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarga doir masalani tez-tez eslatib turishi” uchun imkon yaratishiga umid bildirdi.

Sanjar Umarov AQSh siyosatchilaridan kelasi yilning mart oyiga belgilangan O‘zbekiston prezident saylovi oldidan kuchli mujdalarni yuborish, xususan prezident Islom Karimov yana saylovda qatnashish istagini bildiradigan taqdirda bu mamlakat konstitutsiyasiga zid bo‘lishini aniq bayon etishlarini so‘radi.

- Biz qurol-aslaha so‘ramayapmiz. Biz pul ham so‘ramayapmiz. Biz faqat AQSh Davlat departamentining Karimov yana qayta saylanishiga befarq qarab turmasligini bayon etishini istayapmiz xolos, dedi Umarov.

“Serquyosh O‘zbekiston” koalitsiyasi yetakchisi 2006 yilda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish va soliqdan bo‘yin tovlash ayblovlari bilan qamoqqa tashlangan edi. Umarovning tarafdorlari bu ayblovlarni siyosiy, deya atagan edi.

28 oktabr kungi eshituvlarda 1999 yilda o‘zbek maxfiy xizmatlari tomonidan Kiyevdan o‘g‘irlab ketilib, O‘zbekiston qamog‘iga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjonning qizi Oygul Bekjon ham qatnashdi.

Komissiyaga murojaat qilgan Oygul 15 yildan beri qamoqda qolayotgan otasi boshdan kechirayotgan qiynoqlardan so‘z ochdi. 2012 yilda Muhammad Bekjonning qamoq muddati, qamoqxona qoidalarini buzganlik vajlari bilan yana besh yilga uzaytirilgan edi.

Oygul Bekjon 1999 yilgi Toshkent portlashlarida muxolifat ayblanib, qama-qamalar boshlanishi ortidan mamlakatni tark etgan otasi bu voqealarga umuman aloqasi bo‘lmaganini alohida ta‘kidladi.

XS
SM
MD
LG