Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:39

Qo‘shrabotda bir haftadan beri svet yo‘q. Yana bir hafta bo‘lmaydi


Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani elektr stansiyasida 24 oktabr kuni mahalliy elektr stansiyasining ishdan chiqishi oqibatida tumanning katta qismi svetsiz qoldi. Qo‘shrabot hokimligidagi manbaga ko‘ra, tuman aholisi yana kamida bir hafta davomida elektrsiz yashashiga to‘g‘ri keladi.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, 24 oktabr kuni soat 11lar atrofida Qo‘shrabot tumanidagi elektr stansiyasida portlash ro‘y bergan. Avariya oqibatida bir necha soat davom etgan yong‘indan elektr stansiyasi yonib kul bo‘ldi, dedi Qo‘shrabot tuman hokimligi rasmiysi.

"Elektr stansiyasi 1978 yil qurilgan. To‘liq yonib bitgan. To‘liq transformator va yacheykalar almashtirilayapti. Davlat byudjetidan liniyalar uchun mablag‘ ajratilgan, podstansiyalar uchun pul ajratilgan emas. Chunki podstansiyalar Kattaqo‘rg‘on tumaniga qaraydi. Hozirda almashtirilayapti endi. Haqiqattan ham tumanda elektr stansiyasi yonib ketguncha 2 soatdan elektr quvvati berib kelingan", deya izoh berdi Qo‘shrabot tumani hokimligi rasmiysi.

Qo‘shrabot tumanining Pichot qishlog‘ida yashovchi Ozodlik manbasiga ko‘ra, elektr stansiyasidagi portlashdan keyin katta yong‘in sodir bo‘lgan.

"Butun Qo‘shrabotni elektr bilan ta‘minlovchi stansiya portlab ketgan. Juda katta yong‘in bo‘lgan. 125 tonnalik transformatorlarni yog‘i yonib portlab ketgan deyishayapti. Hech kimga zarar yetmagan. Men Qo‘shrabotda soyning yonida turaman. Katta yong‘in o‘chiruvchi mashinalar kelib, suv olib, ikki soatda yong‘inni o‘chirib bo‘lishdi", dedi Pichot qishlog‘ida yashovchi manba.

Ayni paytda, Qo‘shrabot tumani markazida hokimiyat, tibbiyot muassasalari va tuman markazida elektr quvvati berildi, deydi markazda yashovchi Ozodlik manbasi.

"Uch kundan keyin yoqishdi. Hozir Zarkentdan trassa tortib kelib, markazda svetni berayapti. Chetroqlar hali yongani yo‘q. Bir oydan keyin qishloqlarda bo‘ladi deyapti. Biz borib ko‘rdik yonib ketgan stansiyani. Montyorlar aytayaptiki, svetni o‘chirib yoqaverganidan yonib ketgan. Markazda elektr stansiyasi yonib ketguniga qadar kunduzi ikki soat chiroq bermas edi. Keyin tungi 12 dan keyin o‘chirar edi", dedi qo‘shrabotlik manba.

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan tabiiy gaz va elektr ta‘minotida muammolar paydo bo‘ladi. Viloyat va tumanlarda kun davomida me‘yorlab elektr quvvati bilan ta‘minlash so‘nggi yillarda odatiy holga aylangan.

XS
SM
MD
LG