Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:23

O‘sh shahar sudi Qodirjon Botirovni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi


Qodirjon Botirov.
Qodirjon Botirov.

Qirg‘izistonning O‘sh shahar sudi o‘zbek jamoasi liderilarini 2010 yilda ro‘y bergan qonli voqealarga aloqadorlikda aybdor deb topib sirtdan ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

4 noyabr kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi O‘sh va Jalolobod viloyatlaridagi o‘zbeklar liderlari Qodirjon Botirov va Inom Abdurasulov umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganini bildirdi.

O‘zbeklarning boshqa bir vakili Karomat Abdullayeva 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

O‘zbeklar yetakchilari ustidan sud hukmi sirtdan e‘lon qilingan.

Ular sud tomonidan milliy nizo hamda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida zo‘ravonliklar keltirib chiqarganlikda aybdor deb topilgan.

2010 yilgi zo‘ravonliklar paytida 450 nafar odam o‘lgan, minglab odam yaralangan yoki uylarini tashlab qochishga majbur bo‘lgan.

Qurbonlar va jabrlanganlarning aksarini o‘zbeklar tashkil etadi.

2011 yilda Jalolobod viloyat sudi, hozirda Shvetsiyada yashayotgan Qodirjon Botirovni, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

XS
SM
MD
LG