Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:04

Amnesty International: Isroil G‘azoda harbiy jinoyatlarga qo‘l urgan


Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblab chiqdi.

Bu yerda gap Isroilning joriy yil yoz oylarida G‘azo sektorida amalga oshirgan harbiy amaliyotlari haqida ketyapti.

Amnesty International mutaxassislariga ko‘ra, G‘azodagi amaliyotlar payti o‘nlab tinch fuqaro isroillik harbiylar tarafidan o‘ldirilgan, Falastin oilalari yashaydigan bir qancha uy Isroil hujumlariga nishon bo‘lgan.

Isroilning bu amalllari harbiy jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin, demoqda Amnesty International mutaxassislari.

Amnesty International tashkilotining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha dasturi rahbari Filip Lyuter bu haqda shunday dedi:

"Isroil harbiy kuchlari urush qoidalarini bezbetlarcha buzib, tinch oilalar yashaydigan uylarni hujumga tutgan. Bunday hujumlar oqibatida yuzlab odam nobud bo‘ldi. Isroil harbiylarining bu hatti-harakati urush jinoyatlariga tenglashtirilishi mumkin", dedi Lyuter.

Isroil XAMAS radikal guruhining raketa hujumlariga javoban G‘azoda harbiy amaliyotlarni o‘tkazgan edi.

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra, 50 kunlik urush 2200 dan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan. Amaliyotlar davomida G‘azoda 2100 falastinlik nobud bo‘lgan. Ularning 70 foizdan ortig‘i tinch fuqarolardir.

Isroil Falastinni odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanganlikda ayblagan.

Isroilning 64 askari, 6 tinch fuqarosi halok bo‘lgan.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Amnesty International da‘volarini rad etdi.

Vazirlikka ko‘ra, tashkilot XAMAS tarafidan sodir etilgan harbiy jinoyatlardan ko‘z yumgan.

"Hisobotda XAMAS va boshqa Falastin guruhlari tarafidan sodir etilgan terrorchilik amallari tilga olinmagan, ularning Isroilga o‘tib, terrorchilik amallari sodir etish uchun qazigan yerosti yo‘llari haqida lom-lim deyilmagan", - deyiladi Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Isroil tomonining da‘vosicha, G‘azodagi amaliyotlar payti isroillik harbiylar tinch aholi orasidan talafotlar bo‘lmasligi uchun astoydil harakat qilgan.

XS
SM
MD
LG