Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:14

Kichik Islom Karimov: Buvim bobomni Internetdan uzib qo‘ygan!


Islom Karimov rafiqasi Tatyana Karimova bilan 2014 yilning avgustida Xitoy safarida.
Islom Karimov rafiqasi Tatyana Karimova bilan 2014 yilning avgustida Xitoy safarida.

"Men butun boshli rejimga qarshi kurashmoqdaman!"

BiBiSi muxbiri Natalya Antelava bilan Londonda o‘tkazilgan videosuhbatda O‘zbekiston prezidenti nabirasi Islom Karimov shunday iddaoni ilgari surdi.

Rossiyaning REN TV telekanali¸ Britaniyaning The Guardian nashriga intervyu bergan O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich nabirasi Islom Karimov o‘z onasi qismatiga oid hikoyani jamoatchilikka tarqatish uchun bu gal BiBiSi minbaridan foydalandi.

Oëg‘iga shippak kiygan prezidentning erkatoy qizi bilan tushgan bu surati birinchi oila ichidagi Shekspirona hissiëtlar yuzaga chiqmay turib olingan. Surat BBS rasmiy saytiga oid.
Oëg‘iga shippak kiygan prezidentning erkatoy qizi bilan tushgan bu surati birinchi oila ichidagi Shekspirona hissiëtlar yuzaga chiqmay turib olingan. Surat BBS rasmiy saytiga oid.

“Uning (Gulnora Karimova – tahr.) qulashining asosiy sababi shuki, u qudratga erishmoqchi yoki shaxsiy manfaatlarga ega bo‘lgan bir guruh shaxslarga tahdid sifatida ko‘rila boshlaganidir”¸ degan kichik Islom Karimov onasining salomatligi yomonlashganiga qaramay hamon uy qamog‘ida qolayotganini ta‘kidlagan.

Onasi boshiga tushgan bu ko‘rguliklarni “Shekspir ilhomiga loyiq” voqealar deb ta‘riflagan kichik Islom Karimov¸ Gulnora Karimovaning aytgani-aytgan¸ degani-degan o‘zbek malikasidan uy qamog‘iga solingan ojizaga aylangani ortida buvisi Tat‘yana Karimova qo‘li borligiga ishorat qilgan.

Buvim qo‘li bilan bobom dunyodan uzilgan...

Gulnora boshiga tushgan savdolar Islom Karimov O‘zbekistondagi hokimiyat tizginlarini yo‘qota boshlagani alomatimi¸ degan mazmundagi savolga javob bera turib kichik Islom Karimov¸ o‘zi guvoh bo‘lgan bir voqeani hikoya qiladi:

“Qudrat uning qo‘lidan ketyaptimi-yo‘qligi haqida biron narsa aytishim qiyin. Menimcha, u nimalar ro‘y berayotganligi haqida aniq ma‘lumot olmayapti. Bir kuni u: "Men internetga ulanmoqchiman, menga kompyuter kerak, o‘rganishim kerak", - deb qoldi. Men unga o‘rgata boshladim. O‘sha kuni buvim meni bir chetga chaqirib: "Kallang ishlaydimi, hamma narsani o‘qib, bilib qolsa nima qilamiz?" - dedi. Keyingi kuni kelsam, internet kabeli kompyuterdan uzib qo‘yilganligini ko‘rdim. Buvim esa: "Qo‘y, shunday qolsin, internet ishlamayapti degin", - deb uqtirdi”¸ deb iqtibos keltiriladi kichik Islom Karimov bilan suhbat asosida BiBiSi o‘zbek xizmati e‘lon qilgan matnda.

Bu iddaoga ko‘ra¸ prezident Islom Karimov na o‘z qizi Gulnora Karimova tushgan asl vaziyat va na O‘zbekiston hayotiga oid boshqa haqiqatlardan¸ o‘z rafiqasi Tatyana Karimova "tashabbusi" bilan bexabar qolmoqda.

Men rejimga qarshiman¸ bobojonimga emas...

BiBiSi muxbiri bilan qilingan suhbat muddaosi kichik Islom Karimovning yana bir bor bobosiga qilgan murojaatidan ayon bo‘lgan kabi tuyuladi:

“Siz bu dasturni ko‘rgan vaqtingiz atrofingizdagi hiylalar miqyosini tushunib yetasiz, deb o‘ylayman. Siz bilasizki, biz hech qachon sizga qarshi ish tutmaymiz. Ular aytayotgan ishlarni hech qachon qilmasligimizni ham tushunarsiz. Umidim shuki, siz ahvolni tuzatasiz, bunday qilishga qurbingiz yetadi” deya murojaat qiladi Londonda joylashgan BiBiSi minbari orqali O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich nabirasi Islom Karimov.

Kichik Karimov REN TV va The Guardian nashriga bergan suhbati so‘ngida ham bobosiga xuddi shunday murojaat qilgan edi. Aftidan¸ Tatyana Karimova prezident Islom Karimovni nafaqat Internet¸ balki xorij axborot vositalarini ko‘rish va eshitish imkonidan ham uzib qo‘ygan - hozircha bobo o‘z nabirasining bunday zorlanishlariga biror shaklda munosabat ko‘rsatgani Ozodlikka ma‘lum emas.

XS
SM
MD
LG