Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:30

Buxorolik Irina Sharipova Victoria’s Secret ichki kiyimlarini taqdim etmoqda


Victoria’s Secret rasmiy saytidan olingan surat
Victoria’s Secret rasmiy saytidan olingan surat

O‘zbekistonning Buxoro shahrida tug‘ilgan 22 yoshli top-model Irina Sharipova 2 dekabr kuni Londonning Earls Court arenasida boshlangan Victoria’s Secret ichki kiyimlari moda ko‘rgazmasida podiumga chiqmoqda. Bu brend ostidagi ko‘rgazma-shoular dunyoning nufuzli tomoshalaridan hisoblanadi.

Har yilda bir Londonda namoyish qilinadigan yangi rusumdagi Victoria’s Secret ichki kiyimlari tomoshasi Yevropa va AQShdagi bir qancha telekanallarda praym-taym vaqtida jonli efirga uzatiladi.

Irina Sharipova "Viktoriya malaklari" deya atalmish, dunyoning 40 eng go‘zal top-modellaridan biridir.

Ular orasida Teylor Svift, Eda Shirin, Ariana Grand kabi tanilgan modellar bor.

Irina Sharipova O‘zbekistonning Buxoro shahrida tug‘ilgan. 7 yoshligida onasi bilan Tataristonga ko‘chib borgan.

Irina 17 yoshida "Tatariston - 2010" go‘zallik tanlovi g‘olibi bo‘lgan. Shu yilning o‘zi u Rossiyada o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida ham ikkinchi o‘rinni olgan.

Eslash joiz, 25 yil avval uning onasi Yelena Sharipova O‘zbekistonda o‘tkazilgan ayni tanlovda g‘olib bo‘lgandi. U Xitoyda o‘tkazilgan "Dunyo go‘zali" tanlovida dunyoning eng go‘zal 25 sohibjamolidan biri, deb ham topilgan edi.

XS
SM
MD
LG