Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:01

"O‘zini osgan rejissyor “O‘zbekfilьm”dagi korruptsiya haqda yozib qoldirgan”


“Partiyaning birinchi kotibi yoki raisi degan nom bilan, deputatlik mandati bilan xalqning izzati to‘rida o‘tirishni bilasiz, lekin nega hokimiyat uchun kurashmaysiz? Qo‘rqsangiz, nega partiyaning tepasiga chiqib olgansiz? Uyalishingiz kerak. Hokimiyat uchun kurashmasangiz, unda prezident apparatiga ishga kiring, o‘sha yerda ham shira yetarli, yalayvering"

Bu gapni taniqli publitsist Sharof Ubaydullayev 21 dekabrda o‘tkaziladigan parlament saylovi munosabati bilan aytdi.

Sarlavhaga chiqarilgan gap ham OzodNazarning bugungi mehmoninikiki, eshittirishni tinglashingizdan oldin Sharof aka aytgan gapga aniqlik kiritib qo‘yish zarurati bor. U kishi rejisser, der ekan, “O‘zbekfilm” ochiq hissadorlik jamiyatining mahsulotlarini sotish bo‘limi boshlig‘i 51 yashar To‘lagan Nazarovning o‘limini nazarda tutmoqda. Bu haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Toshkentlik ruhshunos olim Mahmudjon Yo‘ldoshevning kechagi OzodNazarda yangragan bola tarbiyasi oid ko‘pchilik kutmagan fikri, yumshoqroq aytganda, tinglovchilarimizning “katta qiziqishi”ni uyg‘otdi.

OzodNazarning kechagi mehmoni O‘zbekistondagi korrupsiya bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ham o‘ziga xos fikr bildirdiki, bu masalani Sharof Ubaydullayev bilan ham muhokama qilishga qaror qildik.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:01 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG