Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:21

Yulduz Usmonovani AQShda chuv tushirishdi


Yulduz Usmonova
Yulduz Usmonova

O‘zbekiston Xalq artisti¸ sobiq parlament deputati 51 yashar Yulduz Usmonovaning Nyu-York shahrida dekabr oyiga mo‘ljallangan va chiptalar to‘liq sotilgan ikki konserti bekor qilindi.

Aslida Yulduz Usmonovaning tojikistonlik pop yulduz Shabnam Surayyo bilan birgalikdagi konserti oktabr oyiga rejalanib¸ Nyu-York ko‘chalariga afishalar ham osilgan edi.

Avvaliga "tashkilotchilik ishlaridagi kamchiliklar" sabab sifatida ko‘rsatilib¸ konsert dekabr oyiga ko‘chirildi.

Bugunga kelib tashkilotchilar konsert butunlay bekor qilinganini e‘lon qilishdi.

Tashkilotchilik ishlariga 50 ming dollar sarflangan konsertning bekor bo‘lganini Ozodlikka izohlagan o‘zbek-shou biznes olami vakillari konsertning “atayin” qoldirilgani va pirovardida Yulduz Usmonova “chuv” tushirilganligini iddao qilishmoqda.

Tagi yo‘q taklifnoma

O‘zbekistonda shou - biznesi tafsilotlari haqida yozadigan www.shov-shuv.uz nashri muharriri¸ jurnalist Jasur Hamroyevning Ozodlikka aytishicha¸ konsert qoldirilganiga tashkilotchilar aybdor:

- Bu yerda ikki sabab aytilmoqda. Birinchi sabab¸ AQShga chaqirish uchun taklifnomalarda kamchilik bo‘lgan. Bilishimcha¸ taklifnoma yuborilmagan ham. Ba‘zi manbalarimiz esa¸ tashkilotchilar konsertning atayin qoldirilishiga erishishganligini aytishadi. Bundan maqsad konsert qo‘ymasdan pul ishlab olish¸ deydi suhbatdosh.

Жасур Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:09 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Yulduz Usmonovaning chet eldagi konsert faoliyatidan xabardor bo‘lgan shou- biznes vakili bilan ham bu haqda suhbatlashdi.

Ismi aytilmaslik sharti bilan gapirgan suhbatdosh Yulduz Usmonova aldov qurboni bo‘lganligini ta‘kidladi:

- “S” ismli ayol bu konsertni tashkil qilmoqchi edi. O‘rtaga samarqandlik biznesmen yigit tushdi. Yulduz Usmonovada ayb yo‘q bu yerda. Siyosiy sabab ham yo‘q. O‘sha ayol aldab ketdi¸ xolos. Bu ayol ilgari ham ko‘p o‘zbek san‘atkorlarini chuv tushirgan edi¸ deb ta‘kidlaydi suhbatdosh.

Yulduz Usmonova o‘tgan yili Nyu-Yorkdagi konserti sanasini kechiktirgan edi.

Bu konsertni tashkilidan xabardor bo‘lgan toshkentlik jurnalistga ko‘ra¸ o‘tgan yili konsert kechikib tomoshabinlarning sarson bo‘lishiga Yulduz Usmonovaning o‘zi sababchi bo‘lgan:

- O‘tgan yili AQShlik prodyuser Asiya Burgos tomonidan Nyu- Yorkdagi “Master” teatridagi konsert kuni belgilanib chiptalar sotilganida Usmonova telefon qilib konsertni kechiktirdi. “Asrlar sadosi” degan konsertda chiqib¸ Gulnora Karimovaga laganbardorlik qilish uchun AQShdagi konsertni kechiktirgan edi. O‘shanda Nyu-Yorkda qancha tomoshabin sarson bo‘lgan edi. Bu safar Yulduzni chuv tushirishgan bo‘lsa¸ navbat u kishiniki ekan¸ deydi suhbatdosh.

Yulduz Usmonova uchun 2007 yildan buyon O‘zbekistonda katta sahnada chiqmaydi. Davlat tadbirlari va televideniyeda ko‘rinmaydi.

Norasmiy taqiqqa uchragan xalq artisti faqat to‘y-hashamlar va kichik doiralarda konsert berib keladi.

Konsertsiz daromad topish sxemasi

Yaqinda AQShga borib konsert berib kelgan o‘zbek qo‘shiqchilaridan biri Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda konsertsiz daromad topish sxemasini tushuntirib berdi:

- Prodyuser falon artist konsertini tashkil qilaman¸ deb afisha chiqaradi va bilet sotadi. Keyin ma‘lum sabablarga ko‘ra¸ konsert bekor qilinganligini e‘lon qiladi. Masalan¸ bu holat AQShda bo‘lsa hamma ham borib chiptasini qaytarib olmaydi. 40 dollarlik chiptani qaytarib olaman¸ deb ishdan izn olish¸ probka bo‘lib yotgan shaharni mashinada bosib o‘tish AQShdagi vatandoshimizga malol keladi. Demak aksariyat bilet qaytarilmaydi¸ bu bir. Ikkinchi "navar" (foyda) esa sug‘urta bilan bog‘liq. Biznes reja sug‘urta qilinadi. O‘sha yerda ma‘lum sabablarga ko‘ra¸ konsert bo‘lmay qolsa zararni qoplash¸ degan band kiritiladi. Manhettenda bu ishga tagi rus bo‘lgan sug‘urtachilar jalb qilinadi. Takror aytaman¸ bu sxema artist olib kelib konsert berishdan ko‘ra foydaliroq¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlik manbalarining aytishicha¸ Toshkentda¸ O‘zbekiston viloyatlari va Rossiyada “muvaffaqiyatli” ishlab kelgan “konsertsiz daromad topish” sxemasi keyingi ikki yildan beri AQShda ham ishlatilmoqda.

Ayni sxema bo‘yicha O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Termizdagi “Alpomish” o‘yingohida avvaldan rosa reklama qilingan konserti bekor qilingani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG