Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:26

Turkiyada tanilgan o‘zbek imom Abdulloh Buxoriy otib ketildi


Turkiyada tanilgan o‘zbek imom Abdulloh Buxoriy Istanbulning Zaytunburni mavzeidagi uyi yonida otib ketildi. Imomning safdoshlariga ko‘ra, 10 dekabr kuni ertalab noma‘lum shaxslar tomonidan otilgan imom kechga borib, shifoxonada vafot etgan.

10 dekabr kuni Ozodlikka Turkiyadan bog‘langan va ismini oshkor qilmagan o‘zbekistonliklardan biri Turkiyada tanilgan 38 yashar o‘zbek imom Abdulloh Buxoriy noma‘lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirilganini xabar qildi.

"Bugun ertalab, taxminan soat 9-10 lar oralig‘ida Zaytunburnidagi uyidan chiqib, madrasaga ketayotganda otib ketishdi. Keyin shifoxonaga olib ketishdi, o‘sha yerda vafot etdilar. Amaliyotdan chiqmadilar. Ertaga janoza bo‘ladi", deydi ismini oshkor qilmagan o‘zbekistonlik dindor.

Ayni paytda imomga suiqasd uyushtirilgani va uning vafot etgani Facebook tarmog‘i va yana bir necha mustaqil manbalarda xabar qilinmoqda.

"So‘nggi paytlarda u kishi O‘zbekistondagi ahvol, musulmonlarning ahvoli haqida ancha jiddiy tanqidlarni gapirayotgan edi. 3-4 oy oldin bu kishini Rossiyami, O‘zbekistonning maxsus xizmatlari otib ketishi mumkin, degan gaplar tarqalgan edi. U kishi O‘zbekistondan, Qirg‘izistondan kelgan o‘zbeklarga yordam berardi, ularga boshpana berardi. O‘zbekistonning hozirgi hukumati, Karimov sistemasiga qarshi odam edi", dedi imom Buxoriy o‘limi haqida Ozodlikka xabar bergan manba.

Youtube tarmog‘ida shu yilning oktabr oyida e‘lon qilingan nutqida imom Buxoriy O‘zbekistonda qidiruvga berilgani, Turkiyaga kelib, uning ma‘ruzalarini tinglagan o‘zbekistonliklar esa yurtiga qaytgach, maxsus xizmatlari ta‘qibiga uchragani va hatto, qamoqqa olinganini iddao qilgan edi.

Imom Abdulloh Buxoriy shaxsi va faoliyati haqida bir-biriga zid ma‘lumotlar bor.

Aksar mustaqil manabalar uning Andijon viloyati Shahrixon tumanida 1976 yilda dindor oilada tug‘ilgani, asli ismi esa Mirzag‘olib bo‘lganini aytmoqda.

Safdoshlaridan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, marhum 8 yil oldin Turkiyaga hijrat qilgan va keyinchalik Turkiya fuqaroligini olgan. 38 yashar imom Zaytunburnida 8 ta madrasa ochgani, uning qo‘lida Turkiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston fuqarolari, ularning farzandlari dars olgani aytilmoqda.

2011 yilning mart oyida Turkiyaga qo‘shni Suriyada Bashar Assad rejimiga qarshi isyonlar boshlanishi bilan imom Abdulloh Buxoriy Assad rejimini qattiq qoralab, uning rejimiga qarshi jihod barcha musulmonlar, xususan o‘zbekistonlik musumlonlarga ham farz bo‘lgani haqida ma‘ruzalar qilgan edi.

Uning ma‘ruzalari Internetda Ihsanilim nomi ostida ochgan maxsus sahifasi hamda Youtube tarmog‘da ayni nomda ochgan kanalida e‘lon qilib borilgan.

Turkiyadagi o‘zbek jamoalaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Abdulloh Buxoriy madrasalarida ilm olgan o‘zbekistonliklar soni yuzlabdir, ba‘zi manbalar esa bir necha minglab, degan ma‘lumotni tilga olmoqda.

Ozodlik 38 yoshida vafot etgan imom Abdulloh Buxoriy faoliyati hamda unga nisbatan ta‘qiblar haqida maxsus eshittirish hozirlamoqda.

Yangiliklarni Ozodlikda kuzatib boring!

XS
SM
MD
LG