Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:04

O‘zbekistonlik muhojirlarning Rossiyadan pul jo‘natmalari ozaydi


O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari 2014 yilning oktabr va noyabr oylarida kamida 35 foizga kamaygan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma‘lumotlariga tayangan holda “Novosti” agentligi xabar tarqatdi.

Pul jo‘natmalari miqdorining kamayishiga rublning dollar va yevroga nisbatan qiymati tushib ketgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya Markaziy banki tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, 2013 yilda o‘zbekistonlik muhojirlar Rossiyadan vataniga pul jo‘natishda MDHda birinchi o‘rinni egallagan. 2013 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 6 milliard 700 million dollar pul jo‘natilgan. Bu esa 2012 yilga nisbatan 17 foizga ko‘p bo‘lgan.

“Novosti” agentligining rasmiylarga tayanib xabar berishicha, bugungi kunda Rossiyada 2 million 700 ming o‘zbek muhojiri ishlayotgani rasman ro‘yxatga olingan.

XS
SM
MD
LG