Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:14

Milliy valyutasi qadrsizlangan Rossiyada smartfonlar narxi keskin oshdi


Rublning qadri pasayishi ortidan Rossiya bozoridagi smartfonlarning narxi yuqorilagani kuzatilmoqda.

Noyabr oyida Apple shirkati iPhone va iPad qurilmalari narxini 25 foizga oshirgan edi. 22 dekabr kuni esa shirkat Rossiya milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi bois narxlarni yana 30 foizga ko'targan.

Ayni damda 16 gigabayt xotiraga ega iPhone 6 smartfoni Applening Rossiya bo'yicha rasmiy internet do'konida 54 ming rubldan sotilmoqda (22 dekabrgacha 40 ming rubl edi).

Narxlarning oshishi Apple kompaniyasining boshqa mahsulotlarini ham chetlab o'tgani yo'q.

"Tishlangan olma" shirkati ortdigan Sony kompaniyasi ham o'zining asosiy smartfoni hisoblanmish Xperia Z3 qurilmasi narxini 30 ming rubldan 38 ming rublga oshirdi.

Rossiyada ishlab chiqariladigan Yotaphone 2 smartfoni ham 23 dekabr kuni 21 foizga qimmatladi. Ayni damda qurilma 40 ming rubldan sotilmoqda.

- Rublning kursi noyabr oyidan beri 35 foizga o'zgargani bois YotaPhone 2 apparatining Rossiyadagi narxini o'zgartirishga majbur bo'ldik. Yota Devices shirkati qurilma qismlarini valyuta asosida xorij shirkatlaridan sotib oladi, dedi Yota Devices shirkati bosh direktori Vladislav Martynov.

15 dekabr kuni Rossiya milliy valyutasi rekord darajada pastlab, bir dollar 80 rublga, bir yevro esa 100 rublga sotilgan edi. Shundan so'ng rubl qadri biroz o'sgan. Bugun, 24 dekabr kuni Moskva birjasida bir dollar 54,5 rublga, bir yevro esa 66,5 rublga sotilmoqda.

O'tgan hafta so'nggida Armani Jeans, Zara, Calvin Klein va Bershka kabi kiyim-kechak bilan savdo qiluvchi yirik xorijiy kompaniyalar rubl devalvatsiyasi bois Rossiya bilan savdo-sotiqni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishgan edi.

XS
SM
MD
LG