Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:48

13 yashar singlisini homilador qilgan xorazmlik yigit 13,5 yilga qamaldi


13 yashar singlisining nomusiga tegib, uni homilador qilgan Xorazm viloyati Shovot tumani Bo‘yrachi qishlog‘ida yashovchi 25 yashar yigit 13,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 11 yashar singlisini zo‘rlagan Xorazmning Gurlan tumani Guliston qishlog‘ida yashovchi 18 yashar kollej o‘quvchisining esa tergov jarayoni davom etmoqda.

Akasidan tuqqan shovotlik qiz voqeasi bo‘yicha sud yakunladi

Singlisini homilador qilgan shovotlik 25 yashar yigit ishini ko‘rgan Shovot tumani jinoyat ishlari sudi o‘tgan oyda ushbu ish yuzasidan o‘z hukmini e‘lon qildi.

Ozodlikka bu haqda 10 fevral kuni shovotlik manba ma‘lum qildi.

Mahkama bo‘yrachilik yigitni O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi¸ ya‘ni "Nomusga tegish" bo‘yicha aybdor deb topib, unga 13,5 yillik qamoq jazosi tayinlagan.

Jinoyat Kodeksining ushbu moddasida 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

O‘tgan yilning 20 yanvar kuni o‘z tug‘ishgan akasidan farzandlik bo‘lgan bo‘yrachilik qiz voqeasi ortidan jami olti kishi jazolandi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, qiz o‘qiyotgan maktab direktori, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va qizning sinf rahbari ishdan bo‘shatilgan.

Aka-singil voqeasi bo‘yicha Bo‘yrachi qishloq vrachlik punktining hamshirasi ishdan olinib, bosh shifokoriga hayfsan e‘lon qilingan.

Shuningdek, Bo‘yrachi qishlog‘ining mahalla maslahatchisi maoshidan 30 foiz ushlab qolish bilan jazolangan.

Hozirda mahalla maslahatchisi qizchaning oilasiga nazoratchi sifatida tayinlangan.

Aka-singildan tug‘ilgan chaqaloq tug‘ilishi bilan Urganch shahridagi “Chaqaloqlar uyi”ga topshirilgan.

Bo‘yrachidan olingan so‘nggi ma‘lumotga ko‘ra, bugungi kunda qizaloq o‘z maktabida o‘qishini davom ettirmoqda.

Hozirda 8-sinfda o‘qiyotgan qizcha, darsdan bo‘sh paytlari turli xil to‘garaklarga jalb qilingan.

“Maktabida tikuvchilik bo‘yicha “Mohir qo‘llar” to‘garagiga ham qatnaydi”, dedi bo‘yrachidagi manba.

Akasidan tuqqan gurlanlik qiz voqeasi bo‘yicha tergov ketmoqda

Shu kunlarda 12 yashar singlisini tug‘dirgan gurlanlik 18 yashar yigit ishi bo‘yicha tergov jarayoni davom etmoqda.

Gurlanlik manbaga ko‘ra, bu yigit ham Jinoyat Kodeksining 118-moddasi¸ ya‘ni "Nomusga tegish" bo‘yicha ayblanmoqda. Unga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov- surishtiruv ishlarini Gurlan tuman IIB xodimlari olib bormoqda.

Gurlan tumanining Guliston qishlog‘ida yashovchi 6-sinf o‘quvchisi 18 yanvar kuni qiz farzand ko‘rdi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, qizcha o‘z chaqolog‘idan voz kechishi haqida tilxat yozganidan so‘ng go‘dak Urganch shahridagi “Chaqaloqlar uyi”ga topshirilgan.

Manbamiz aniqlagan ma‘lumotga ko‘ra, hozirda qizchaning o‘zini ham Urganch shahridagi maktab internatlardan biriga joylashtirish harakatlari ketayapti.

Shu kunlarda qizcha onasi bilan birgalikda Gurlan tuman IIBga tergovga qatnamoqda.

Gurlanlik aka-singil voqeasi bo‘yicha qizcha o‘qigan 34-maktabning direktori, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, maktab ruhshunosi ishdan bo‘shatilgan. 6-sinf rahbariga nisbatan ham chora ko‘rilgan.

XS
SM
MD
LG