Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:38

Tojikistonlik ona Bag‘dodiydan qizini qaytarishni so‘ramoqda


65 yoshli Mayram Olimova qizi va nevaralari bag‘riga qaytishi umidi bilan yashamoqda.
65 yoshli Mayram Olimova qizi va nevaralari bag‘riga qaytishi umidi bilan yashamoqda.

Ko‘loblik 65 yashar onaxon Mayram Olimova o‘zini “Islomiy davlat xalifa”si deb e‘lon qilgan Abubakr Bag‘dodiyga murojaat qilib, 24 yashar qizi Gulro‘ Olimova va 4,6,7 yoshli uch nevarasini Tojikistonga qaytarishini so‘radi.

Mayram Olimovaning Ozodlik muxbiriga aytishicha, qizi va nevaralarini kuyovi Loyiq Rajabov o‘zi bilan birga Suriyaga olib ketgan:

“Qizim va nevaralarimni Rossiyada ishlayotgan kuyovim chaqirib olgan edi. Shu bilan bedarak ketdi. Ikki hafta oldin qo‘ng‘iroq qilib Suriyada ekanligini aytishdi. Mening kuyovim bilan ishim yo‘q, qizim va nevaralarimni qaytarib yuborsin”, deydi onaxon.

Gulro‘ Olimova
Gulro‘ Olimova

Yig‘idan zo‘rg‘a gapirayotgan onaxon, qizi haëtda qolgan yolg‘iz umidi ekanligini aytadi:

“Qizim Suriyada ekanligini eshitganimdan so‘ng tinchim yo‘qoldi. Mening to‘rt o‘g‘lim va bittagina qizim bor, xolos. O‘lganimda boshimda turadigan qizim bo‘lmasligidan qo‘rqaman. Kuyovimni yomonlamoqchi emasman, lekin menga rahmi kelib qizim va nevaralarimni qaytarib yuborsin”, deydi Maryam Olimova.

Кўлоблик 65 яшар онахоннинг "Исломий давлат" лидерига мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:40 0:00

Onaxonning 32 yashar kuyovi Loyiq Rajabovning otasi Sherafkan Rajabovga ko‘ra, o‘g‘li Moskvadan qo‘ng‘iroq qilib, oilasini zudlik bilan o‘z oldiga yuborishini so‘ragan:

“O‘g‘lim Moskva yaqinidagi bir sanatoriyda ish topgani va u yerda xotini, farzandlariga yaxshi sharoitlar bor ekanligini aytdi. Biz bilet olib ularni jo‘natdik. Ikki oydan keyin qo‘ng‘iroq qilib, yaxshimiz dedi. Lekin qayerdaligini aytmadi. Telefon raqami Rossiyaniki emas edi. Boshqa u bilan bog‘lanib bo‘lmadi”, dedi Sherafkan Rajabov.

U qudasining ohu-fig‘onlariga boshqa toqati qolmagani va o‘g‘li tezroq vatanga qatyishini istayotganini qo‘shimcha qildi.

Shu paytgacha Suriyadagi janglarda ishtirok etgan to‘rt nafar tojikistonlik vataniga qaytgan. O‘z ixtiyorlari bilan qaytgani uchun ularning jinoiy javobgarlikdan ozod qilingani aytiladi.

Tojikiston Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Abdulfayz Atoiyning aytishicha, xorijdagi elchixonalar o‘z ishidan pushaymon bo‘lgan va o‘z vataniga qaytmoqchi bo‘lgan tojikistonliklarga qonuniy yordam beradi:

“Arab davlatlari yoki Turkiyaga kira olgan vatandoshlarimiz o‘sha mamlakatlardagi elchixonalarga murojaat qilsa, ularning qonuniy yo‘l bilan vatanga qaytishi uchun¸ albatta¸ yordam beramiz”, dedi Abdulfayz Atoiy.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ayni paytda Suriya va Iroqda 300 nafardan ortiq tojikistonlik jang qilmoqda. Shu paytgacha 50 dan ortiq tojikistonlikning janglarda o‘lgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG