Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:14

Fransiyada bortida 150 kishi bo‘lgan A320 uchog‘i quladi​


Germanwings shirkatining Barselona shahridan Dyusseldorf shahriga parvoz qilayotgan Airbus A320 uchog‘i Fransiya janubida halokatga uchradi. Uchoq bortida 144 yo‘lovchi hamda 6 nafar ekipaj a‘zosi bor edi. Rasmiylar yo‘lovchilarning hammasi nobud bo‘lganini taxmin qilmoqda. Halokat sabablari hozircha ma‘lum emas.

Xabarlarga ko‘ra, A320 uchog‘i Fransiyaning Barselonet shahri osmonida radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan.

Fransiya prezidenti Fransua Olland samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi:

"Samolyot bo‘laklarga sochilib ketgan, bundan esa halokat oqibatida tirik qolgan odam bo‘lishi amrimaxol", - dedi Olland.

Frantsiya Ichki ishlar vazir Pyer-Henri Brandet uchoq halokatga uchrashidan oldin, mahalliy vaqt bilan soat kunduzgi 10.45 da yerga muammo haqida xabar bergan va keyin 2 ming metr balandlikdagi tog‘li hududga qulagan.

Germaniyaning 1997 yilda asos solingan Germanwings shirkati Yevropa shaharlari orasida nisbatan arzon havo qatnovlarini amalga oshirib keladi.

Shu paytgacha ushbu shirkatning biron uchqichi halokatga uchramagan. Frantsiyada halokatga uchragan A320 uchog‘i 25 yildan beri foydalanishda bo‘lgan.

Germanwings shirkati ijrochi direktori Olivyer Vagner halokat sabablarini tezroq aniqlash uchun bor imkoniyat safarbar etilishini aytdi.

- Shuni chuqur afsuslanish bilan aytamanki, U9525 reysi bilan Barselonadan Dyusselderfga uchayotgan Airbus R320 uchog‘i bugun 11.20da halokatga uchradi. Halok bo‘lganlarni yaqinlari va oila a‘zolariga hamdardlikgimizni bildiramiz, halokat sabablarini tezroq aniqlash uchun shirkatimiz bor imkoniyatni ishga soladi, - dedi Germanwings rahbari Olivьer Vagner.

Ayni paytda Ispaniya rasmiylari halokatga uchragan uchoq bortida ispancha ismli kamida 45 yo‘lovchi bo‘lganini aytishmoqda. Lekin, ular ispan fuqarolari ekanliklari ma‘lum emas.

Ispaniyada chiqadigan "Vanguardia" nashri uchoq bortida germaniyalik 16 o‘quvchi va ularning to‘rt nafar o‘qituvchisi bo‘lgani va ular Barselonadan qaytishayotgan bo‘lgani haqda yozdi.

XS
SM
MD
LG