Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:32

O‘zbekistonlik bojxonachilar "o‘ta xavfli" o‘yinchoqni to‘xtatib qoldi​


O‘zbekistonlik bojxonachilar mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan masofadan boshqariluvchi uchish qurilmasini chegarada to‘xtatib qolganliklarini aytishmoqda. Bojgirlar musodara qilgan “SYMA X5C” rusumli kvadrokopter, aslida, kattaligi bir qarich bo‘lgan bolalar o‘yinchog‘idir.

O‘tgan haftada Moskvadan Qarshiga uchib kelgan o‘zbekistonlik ayolning yukidan topilgan uchish moslamasi musodara etilib, zudlikda yo‘q qilingan.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiylarining Ozodlikka aytishicha, o‘ta xavfli uchish qurilmasini deklaratsiyada qayd etmasdan yashirin ravishda O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan 592 ming so‘m (rasmiy kurs bo‘yicha 237 AQSh dollari) jarima solingan.

- Uchirib, to‘ylarni s‘emka qiladigan apparat, kamerasi ham bor. Bu ayol ham to‘yni s‘emkasida foydalanaman, deb olib kelayotgan ekan. Musodara qildik, chunki bunaqa narsani olib kirish taqiqlangan, - dedi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Ozodlik bog‘langan rasmiysi.

O‘zbekiston bojxonachilari mamlakatga olib o‘tilishining oldini olgan “SYMA X5C” rusumli kvadrokopter (masofadan boshqariladigan to‘rt varrakli uchish qurilmasi) aslida kattaligi bir qarich bo‘lgan bolalar o‘yinchog‘idir.

Elimdan yasalgan o‘yinchoqning narxi 50 dollar atrofida. Kvadrokopterning kamerasi ham bor. 5 metr balandlikka zo‘rg‘a ko‘tariladi.

Bolalar uni uchirib, kamerasi tepalikdan qayd etgan tasvirlarni kompьyuteri yoki uyali telefonida tomosha qilishadi.

O‘zbekistonda esa kvadrokopterlardan panoramali s‘yomkalarni amalga oshirishda ham foydalanib kelingan.

To‘y-xashamlarni tasvirga olish bilan shug‘ullanadigan qashqadaryolik tasvirchi FirdavsBoltayevning aytishicha, bojgirlar musodara qilgan apparat "jiddiy narsa emas":

- Balanddan turib olinadigan s‘emkalar shu kvadrokopter bilan olinadi. Biz “Galaxy Visitor 6”deganidan foydalanganmiz. Biz hozir bu mumkin emas. Jarima bor. Shuning uchun tepadan olinadigan tasvirlarni kranlar bilan olamiz. Siz aytayotgan “SYMA” - o‘yinchoq, jiddiy narsa emas u, - deydi qashqadaryolik tasvirchi.

2015 yil 1 yanvaridan masofadan boshqariladigan uchish qurilmalarini O‘zbekistonga olib kirish, sotish va foydalanishni taqiqlovchi “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida masofadan boshqariladigan uchish qurilmalaridan sanktsiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan.

Shu qarorda aytilishicha, “uchqich parvozlarining xavfsizligini ta‘minlash va havo maydonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida” bu amalga qo‘l urilgan.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligiga “masofadan boshqariladigan uchish qurilmalarining noqonuniy olib kirilishi, sotilishi va foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralarni ko‘rish” vazifasi yuklatilgan.

Qashqadaryolik bojxonachilar “SYMA X5C” o‘yinchog‘ini Vazirlar Mahkamasining ayni shu qarori asosida tortib olib yo‘q qilganliklarini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG