Meyirman va Saniya ismli qozog‘istonlik yosh kelin-kuyov o‘zlarining nikoh bazmiga to‘plagan pullarini etim-esirlarga ehson qilishdi.
To‘ylari bo‘ladigan kuni kelin-kuyov bolalar uyida ziyofat uyushtirishdi.
Ziyofatdan ortgan pulni ular bolalar uyiga hayr-ehson qilishdi.
Qozog‘istonda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilik bilan o‘tkazilishi odat tusiga aylangan.
To‘y bazmi uchun Qozog‘istonda o‘rta hisobda 30-50 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi aytiladi.