Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:10

Anqara o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etmoqda


Turkiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Anqara va Moskva munosabatlari taranglashgan bir paytda Rossiyaga safar qilmay turishlikni tavsiya etmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Anqara va Moskva munosabatlari taranglashgan bir paytda Rossiyaga safar qilmay turishlikni tavsiya etmoqda.

Vazirlikka ko‘ra, so‘nggi kunlarda bir qator turkiyalik sayyoh va ishbilarmonlar Rossiyada muammolarga yuz tutgan.

Anqara va Moskva munosabatlari Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti tomonidan 24 noyabr kuni ertalab urib tushirilganidan so‘ng taranglashdi.

Rasmiy Anqara rus samolyoti Turkiya chegarasini buzib o‘tgani uchun urib tushirilganini, urib tushirilishdan oldin rus uchuvchilariga o‘ndan ortiq ogohlantirish berilganini bildirgan.

Biroq Rossiya rus uchog‘i Turkiya chegarasini buzib o‘tmaganini, samolyot turk harbiylari tomonidan Suriya hududida urib tushirilganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG